90
Shuningdek, namoz, ro‘za, haj, nikoh va boshqa amaliy hukmlarni o‘rganuvchi ilmni
ham fiqh deb ataladi. Shuning uchun aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi ilmni «Al-Fiqh
al-akbar», ya’ni «katta fiqh», amaliy fiqh ni esa kichik fiqh deb yuritiladigan bo‘lgan.
Yana bir «usul ad-din»da shariat va dindan olingan e’tiqodiy hukmlarni o‘rganilib,
dindagi asl hukmlarni tadqiq etiladi. Bir qator olimlar shu nom ostida o‘z kitoblarni
ta’lif etganlar. «Tavhid» ilmida Allohning yagonaligini va uning sifatlarini o‘rganishga
e’tibor beriladi.
Bu ilm asosida Alloh taoloni yakkayu yagona deb bilib, uning sifatlarini
sharhlab tushuntirishga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Zero, musulmon kishi aqida borasida
o‘ziga zarur bo‘lgan dastlabki bilimga ega bo‘lishi kerak.
Bu dastlabki ilm Alloh
taoloning vahdoniyati, ya’ni yakkayu yagonaligiga imon keltirish va uni o‘rganishdan
iborat. Yana bu atama «kalom ilmi» deb yuritiladi. Islom diniga oid manbalarda uni
aqida ilmining eng mashhur nomlaridan biri sifatida keltiriladi.
Islom ta’limotini o‘rganishda eng ko‘p qo‘llangan atama «aqida» (ko‘p. aqoid)
bo‘lib, bu nom boshqalaridan keyinroq, X asrda paydo bo‘lgan. «Aqida» so‘zi bir
narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘lash» ma’nosini beradi. Islom aqidasi musulmon
kishini muayyan tushunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan aqidalar yig‘indisi
hisoblanadi. Ya’ni, biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech qanday shubha
qoldirmaydigan darajada juda yaxshi bilish kerak. Muayyan bir fikrni inson fikriga
aylanib, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini boshqaradigan
holga etgandagina aqidaga
aylangan, deb tan olinadi. Aqida ilmi to‘g‘ri, sog‘lom va sof e’tiqodda bo‘lishni
ta’minlashga qaratilgan. Dindagi ayrim shar’iy hukmlar makon va zamon taqozosiga
ko‘ra, muayyan darajada o‘zgarishga uchrashi mumkin
.
Ammo musulmon olimlar o‘z
asarlarida sof va mustahkam e’tiqod hech qachon o‘zgarishga uchramasligini ta’kidlab
o‘tganlar. Chunonchi, Alloh taoloning yakkayu yagonaligi, farishtalar, jannat va
do‘zaxga imon keltirish kabi e’tiqodga oid qarashlar zamon va makonga qarab hech
qachon o‘zgarmaydi. Inson aqidasi to‘g‘ri bo‘lmasa uning insoniy fazilatlari ham to‘g‘ri
hisoblanmaydi. Shu nuqtai nazardan aytish kerakki, musulmon kishining tutgan aqidasi
pok bo‘lsa, uning tutgan yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari ijobat bo‘ladi
va bandalik tufayli sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Biroq kishining aqidasi sof
bo‘lmasa, unda biron xatolik bo‘lsa, tutgan yo‘li ham noto‘g‘ri bo‘ladi, hayot davomida
qilgan amallari behuda ketadi. Aqida ilmi islom dinining asosini tashkil etadi. Shu bois
ham So‘fi Allohyor:
Aqida bilmagan shaytona eldur,
Agar ming yil amal deb qilsa, eldur! -
deb, bu ilmning ahamiyatiga alohida ishora
qilgan edi.
Ushbu hikmatli bayt bugungi kungacha o‘z qadrini saqlab kelmoqda. E’tiqodi
buzuq
kishilar tarixda ham, hozirda ham shaytonga el bo‘lib, unga ergashib, uning
izmida yurishda davom etmoqda. Ular o‘zlarining adashgani еtmaganidek,
boshqalarning e’tiqodlarini izdan chiqarishi o‘ta xatarlidir.
Aqida mavzusi o‘ta hassos bo‘lganidan er yuzidagi eng birinchi payg‘ambardan
boshlab, oxirgi Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom)gacha Alloh toloning o‘zi
e’tiqodiy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalarini bergan.
Shuning uchun
aqidaviy
qarashlarning asosi Qur’oni karim va hadisi shariflarda keltirilgan va muayyan tartibga
solingan. Sahobiylarning tiriklik paytidayoq odamlar o‘rtasida aqidaviy qarama-
qarshilik va kelishmovchiliklar yuzaga kelganini ko‘rish qiyin emas. Islom dinida
91
aqidaviy ixtiloflar to‘rtinchi xulafoi roshidin Alining qo‘shnidan
ajrab chiqqan, aqida
masalasida bir necha shubhali savollarni o‘rtaga tashlagan xorijiylar tufayli boshlandi.
Ular Hazrati Ali va Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bilan aqida masalasida ixtilofga borishdi.
Sahobiylar davri tugaganidan keyin tobeiylar davriga kelib vaziyat yanada keskin
tus oldi. Chunki bu davrda din ilmlarini, ayniqsa, aqidani biluvchi kishilar oldingiga
nisbatan ancha kamayib, sof aqidaviy qarashlarga qarshi turli botil g‘oyalarni ilgari
surgan firqa va toifalarning tarqalishi avj oldi. Ular o‘zlarining islomga yot bo‘lgan fikr
va qarashlari, e’tiqodlarini
ommaga tarqatib, to‘g‘ri aqidani noto‘g‘ri talqin qilish
yo‘lidan bordilar. Shuningdek, yangi egallangan yurtlardagi xalqlarning islomdan
oldingi diniy qarashlari va falsafalari, o‘z tushunchalari va tafakkur yo‘llari mavjud
bo‘lgan. Shu sababdan ularning islom ta’limotini tushunib olishlari juda qiyin
kechganiga tarixiy dalillar guvohlik beradi.
Binobarin, Qur’on oyatlari va hadislarni
ba’zi vaqtlarda o‘zlarining islomdan oldingi ta’limotlari andozasiga solish holatlari
uchraydi. Islom diniga yot bo‘lgan turli guruh va jamoalarning uni buzib talqin qilish
natijasida ularga raddiya sifatida olimlar kalom, ya’ni aqida ilmiga asos soldilar. Shu
tariqa bu ilm turi musulmonlar uchun zarur sohaga aylandi. Zero, har bir musulmon
to‘g‘ri aqidani bilishi shart deb hisoblanadigan bo‘ldi. Mashhur mutakallim olim
Sa’duddin Taftazoniy «Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid usullarini
ishonchli dalillar asosida anglashni o‘rgatadigan ilmdir. Shu ilm tufayli shar’iy, nazariy,
aqidaviy masalalar hal qilinadi. Uning natijasi imonga komil ishonch bilan ziynat
berish, foydasi esa bu dunyoda tartibli hayot kechirish va oxiratda azob-uqubatdan xalos
bo‘lishdir. Shunday ekan, kalom ilmi eng sharafli ilmdir», deb keltiradi. Hujjatul islom
Abu Homid G‘azzoliy o‘zining «Ihyo ulum ad-din» nomli asarida: «...Chuqur bilimga
ega bo‘lmagan oddiy musulmonlarning diniy e’tiqodlarini turli bid’at va noto‘g‘ri
g‘oyalardan saqlash uchun kalom ilmini o‘rganish vojibdir», deb keltiradi.
Yuqoridagilardan
kelib chiqib aytish mumkinki, aqoid yoki kalom ilmining
vazifasi: a) diniy e’tiqodlarni qat’iy dalillar bilan isbotlash va ular haqidagi Shubha
hamda gumonlarni rad qilish; b) insonni aqidada oddiy taqlidchi bo‘lishdan har bir
e’tiqodga hujjat keltira olish darajasiga ko‘tarish; v) islomning sof e’tiqodlarini
adashgan zalolat ahlining Shubha va gumonlaridan himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: