8
1-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH. DINNING MOHIYATI,
TUZILISHI VА FUNKSIYALАRI
Reja:
1. “Dinshunoslik”
fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
3. Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy
bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta'minlashdagi ahamiyati.
Tayanch tushunchalar:
Din, e’tiqod, yo‘l, «religio», «relegere», dinshunoslik, din
fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi, regulyatorlik,
kompensatorlik, integratorlik, kommunikativlik, legitimlovchilik.
Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati,
Dinshunoslik fanining
yuzaga kelishi tarixi, Dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari,
dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish.
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan
bog‘liqligi.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng barcha o‘quv maskanlarida "Dinshunoslik"
fani fan sifatida o‘qitila boshladi. Dinshunoslik – din,
uning kelib chiqishi, tarixiy
shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o‘rni,
diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o‘zaro munosabatlari kabi masalalarni
o‘rganuvchi ilmiy – falsafiy o‘quv predmeti sanaladi.
Dinshunoslik XIX asr o‘rtalarida G‘arbiy Yevropada alohida fan tarmog‘i sifatida
vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Freyzer, Sosseder.
Dinshunoslikning eng yirik sohalaridan biri islomshunoslik, hurfikrlilikdir.
Dinshunoslik XIX sar 30-yillarida O‘zbekistonga tarqaldi. Bu yerda oldin islomshunoslik
bor edi, xolos.
Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini,
urf-odatlari va an'analari mavjud. Ana shu qadriyatlar
xalqlarning yurish-turishi,
kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e'tiqod va diniy
amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu
muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi.
Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga
jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma'lumot olish, ularning qadriyatlarini
o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada “Dinshunoslik” fani izchillikda rivojlana
boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma'naviy merosni o‘rganish
bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan
izlanish va tadqiqotlarning
natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘di.
“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida
emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini
ilmiy
jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
“
Dinshunoslik
”
fanini o‘qitishdan maqsad –
talabalarga diniy va milliy
qadriyatlarning
tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan
uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan
9
to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli
kadrlarni
tayyorlashdan iborat.
Bundan tashqari talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari
bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini
zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish.
Shuningdek, mustaqillik
yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, diniy
qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida
qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy ma'lumotlarni berish ko‘zda
tutilgan.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida
emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy
jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: