Reja: Kirish Milliy g’oyaning millatlararo totuvlik, Milliy diniy bag’rikenglik bilan mushtarakligi



Download 102,5 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2022
Hajmi102,5 Kb.
#380136
  1   2   3
Bog'liq
DINIY BAG'RIKENGLIK VA MILLATLAR ARO TOTUVLIK


Mavzu:DINIY BAG'RIKENGLIK VA MILLATLAR ARO TOTUVLIK

REJA:

Kirish

1.Milliy g’oyaning millatlararo totuvlik, Milliy diniy bag’rikenglik bilan mushtarakligi.

2.Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikning asoslari.

3.O`zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik.

4.Milliy diniy bag’rikenglik g’oyasi. Uning tarixiy va huquqiy asoslari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


“Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi – xilma – xil diniy e`tiqodga ega bo`lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo`lida hamkor va hamjihat bo`lib yashashini anglatadi”2. Din qadim-qadimdan aksariyat ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassam etib keladi. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ulrni bir-birlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do`stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da`vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo`lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a`zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda turli diniy ta`limotlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo`lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o`z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir.

Tariximizning eng murakkab, og’ir davrlarida ham ular o`rtasida diniy asosda mojarolar bo`lmagani xalqimizning dinlararo bag’rikenglik g’oyasiga amal qilib yashab kelganlaridan dalolat beradi.

Milliy g’oyaning millatlararo totuvlik, Milliy diniy bag’rikenglik bilan

mushtarakligi.

Milliy g’oya keng mazmunga ega. U millatlararo totuvlik va milliy, diniy bag’rikenglik g’oyalari bilan o`zaro mushtarak. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, milliy g’oya, bu faqat birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo`lida baholi qudrat hissa qo`shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e`tiqoddan qat`iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu jamiyatimizdagi milliy o`ziga xoslikni ifodalaydi.

Millatlararo totuvlik g’oyasi – umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir. Bu g’oya – bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o`rtasida o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma`naviy asosidir.

Milliy g’oya – har bir millat vakilining iste`dodi va salohiyatini to`la ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.

Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu tajovvuzkor millatchilik va shovinizmdir.

Bunday zararli g’oyalar ta`siriga tushgan jamiyat barqarorlik holatiga yuz tushishi muqarrar. XX asrda Evropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo`lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g’oyasiga asoslangan kommunizm g’oyasi bunga yaqqol misol bo`ladi.

O`zbekiston hududida qadim-qadimdan ko`plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o`rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo`lmagani xalqimizning azaliy bag’rikengligini ko`rsatadi.

Darhaqiqat har bir millat o`zining betakror madaniy-ma`naviy qadriyatlarga ega. Bunday millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashlari. Birgalikda mehnat qilishlari, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o`zaro ta`sirda bo`lishlari xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini tezlashtiradi.

Mamlakatimizda statistik ma`lumotlarga ko`ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o`z milliy madaniy urf-odatlari, an`analari, tiliga konstitutciyaviy huquqiy tenglikka ega. O`zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliy-madaniy markaz faoliyat ko`rsatmoqda. Shu yo`nalishda markazlar tuzish bo`yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O`zbekistonda birga millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning ijoboti maktablarimizda 9 ta milliy tilda o`qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko`rsatayotganligida ko`rinmoqda:
Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikning asoslari.

Jahon keng, dunyoda mamlakat ko`p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O`zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkashinsonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo`lmoqda. Bunday ahillik, do`stlik va hamkorlik o`zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstituciyasida mustahkamlab qo`yilgan. “Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar qonuni oldida tengdir degan qoida mustahkamlab qo`yilgan”.

e`tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg’ulariga daxldor muhim ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo`yilganiga ishonch hosil qilish mumkin.

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat`iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan:

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e`tiqodidan qat`iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta`kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma`naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo`lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan, irqchilikdan g’ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatla 36 harbiy nizo sodir bo`lgan. Ularning 27 tasi, ya`ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e`tiborga oladigan bo`lsak, ularning milliy diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.

Respublika baynalminal madaniyat markazi (RBMM va) milliy madaniyat markazi (MMM)ning faoliyati bu erda yashovchi xalqlarning milliy an`analari, urf odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma`naviyat va madaniyatni rivojlantirish millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan.

O`zbekistonda milliy – diniy bag’rikenglik va dunyoviylik.

Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo`lib, ular aslida bir-birlariga zid emas.

Diniy bag’rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko`plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudoizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilib kelingan. O`sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar bir-biridan o`rganganlar, ustoz-shogird bo`lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.

Aytish mumkinki, diniy ong rivojlanib, dinning mohiyatini chuqurroq anglash bilan diniy bag’rikenglik ham rivojlana bordi. Bu hozirgi davrda diniy bag’rikenglikni yanada kuchaytirmoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekistondagi turli konfessiya mansub diniy tashkilotlar o`z faoliyatini o`zaro teng huquqlilik, hamdo`stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag’rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo`stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e`tiqodidan qat`iy nazar barcha kishilarning tengligi umumiy ezgu maqsad yo`lida ham hamkorlikni ham qamrab oladi.

Diniy qarashga ko`ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko`ra ham inson eng oliy mavjudotdir.

Prezident Karimov I.A. shunday yozadi “Afsuski insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo`lgan odamlardagi e`tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanonizm sifatida foydalanilganligini ko`rsatuvchi misollar ko`p. Fonetizmning o`ziga xos xususiyati va ko`rinishlari avvalambor o`z dining haqiqiyligiga o`ta qattiq ishonish, boshqa diniy e`tiqodlarga murosasiz munosabatda bo`lishidan iboratdir. “Aynan fonatizm yo`liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda barqarorlik to`lqini keltirib chiqarishga qodir bo`ladilar”.1

Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo`yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan O`zbekiston musulmonlari iddrosi rus provaslav cherkovi, Toshkent va O`rta Osiyo eporxiyasi, Evongel` xristian bantotlar cherkovlari ittifoqi, rim katolik cherkovi to`liq injil xristianlar markazi, O`zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yaxudiylar jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta krishkani anglash jamiyati va 13 ta diniy o`quv yurti davlat ro`yxatidan o`tgan.

Diniy bag’rikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo`nalishlar va mazhablarning ezgu g’oyalarini qadrlash, bir-birlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi.

Bu milliy g’oya amal qiladigan ustuvor g’oyalar sifatida milliy bag’rikenglik va dinlararo bag’rikenglikka asoslanish turli xalqlar va millatlar o`rtasida o`zaro hamjihatlik, totuvlikni ta`minlash orqali erkin va farovon hayot qurishga, insonlarning tub hayotiy maqsadlari bilan mushtarakdir.

.Milliy diniy bag’rikenglik g’oyasi. Uning tarixiy va huquqiy asoslari.

“Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi – xilma – xil diniy e`tiqodga ega bo`lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo`lida hamkor va hamjihat bo`lib yashashini anglatadi”2. Din qadim-qadimdan aksariyat ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassam etib keladi. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ulrni bir-birlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do`stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da`vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo`lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a`zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda turli diniy ta`limotlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo`lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o`z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir.

Tariximizning eng murakkab, og’ir davrlarida ham ular o`rtasida diniy asosda mojarolar bo`lmagani xalqimizning dinlararo bag’rikenglik g’oyasiga amal qilib yashab kelganlaridan dalolat beradi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning o`z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O`zbekiston Respublikasining Konstituciyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida”gi qonunda o`z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo`lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo`lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.

Mustakillik – oddiy suz emas. U kariyb 130 yillik mustamlakachilik, ma’naviy va jismoniy tobelik, axlokiy-ruxiy ozurdalikdan sung u bergan bekiyos ne’matlarni tiklash imkoniyatlari. Bu borada amalga oshirilgan tarixiy jarayonlarni, vokea va xodisalarni mumkin kadar tezrok va kuprok urganmogimiz kerak.

Uzini anglagan – dunyoni anglaydi. Uzini anglagan – olamni anglaydi. Uzligini anglash uni inson bulib tugilib

inson kabi yashashga, xayotdagi tarixiy urnini belgilab olishga, jamiyat tarakkiyoti va kelajak oldidagi burchini tushunishga da’vat etadi. Ana shunday buyuk kadriyatni, iloxiy tuyguni fakat istiklol, mustakillik berishi mumkin xolos.

XX asr intixosida dunyoning kariyb uchdan bir kismida misli kurilmagan xodislar sodir buladi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, kommunistik mafkura deb atalmish zuravonlik va tazyikka asoslangan mafkura tanazzulga uchradi.

Jaxonga, Er yuzasiga xokimi mutloklikni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida xam, davlat sifatida xam parchalanib ketdi. Uning tarkibiga kirgan ittifokdosh respublikalar mustakil davlat makomini oldilar.

Mustakillikka erishish goyasi xalkimizga azaldan meros. Bu xalkimizga axjojlar orkali ming yilliklar orkali ming yilliklar ka’ridan bizgacha etib kelmokda. Prezident I.Karimov «uzbek millati azaldan uz fikri-zikri, uz istikloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvox. Millatimiz tarixi xakidagi xakikat yurtimizning fidoiy, uz yulidan, maslagidan, suzidan kaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bulgan saxifalarni kunt bilan varaklash xammamiz uchun xam karz, xam farz», - deganda ana shu xolatni nazarda tutadi. Xalkimizning uzok tarixi u uz utmishida ozodlik, istiklol uchun tinimsiz kurash olib borganligidan guvoxlik beradi.

Turkiston tarixiy rivojlanishining xamma boskichlarida

turli shaklda bulinishlarga, xalki esa uzgalar tomonidan taxkirlanishga, kamsitishlarga duchor bulgan. Xalkimizning axamoniylar, grek-makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mugul-tatar boskinchiligiga va nixoyat chorizm mustamlakachiligiga karshi olib organ milliy ozodlik xarakatlari tarix saxifalarida abadiy kolgan. Ayni chogda yakin utmishda, sovet xokimiyati yillarida Uzbekistonning markazga tobeligiga karshi, anikrogi shu davrda milliy mustakillikka erishish uchun tarixiy vaziyatga karab gox oshkora, gox pinxona olib borgan kurashlarini yangi manbalar orkali xam tobora chukurrok bilib boryapmiz. Bir suz bilan aytganda, xalkimiz azal-azaldan uz fikri-zikri bilan mustakil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.

Mustakillik – tenglik sari kuyilgan birinchi kadam. CHunki tenglik bulmagan joyda kim kimgadir tobe buladi. Mutelik bor joyda xukmronlik, uzgalar xisobiga yashash kabi illatlar paydo buladi. Biz sunggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan utkazgan mustamlakachilik davrida shunday bulgan edi. «Tenglik» suzining kudrati shundaki, u odamlarning uzaro munosabatlaridan tortib, mamlakatlararo munosabatlargacha xamma narsani me’yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki ortikcha tobeliklarga chek kuyadi.

Gap Uzbekiston mustakilligi xakida borganda, shubxasiz, Uzbekiston Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida kabul kilingan Uzbekiston Respublikasi «Mustakillik

Deklaratsiyasi» ning urni va axamiyatiga aloxida tuxtash lozim. Zero, bu muxim xujjat Uzbekistonning mustakillika erishishida kuyilgan navbatdagi muxim kadamlardan biri edi.

Ana shunday vaziyatda Uzbekiston Oliy Kengashining XII chakirik navbatdan tashkari otinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgustda uz ishini boshladi. Uzbekistonning mustakil davlat deb e’lon kilinishida mazkur sessiya katta tarixiy axamiyat kasb etishi soxasida ta’kidlash lozim.

Ogir sinov yillari I.A.Karimov Mustakil Uzbekiston tarakkiyot yulining ijodkori. Iftixor bilan aytishimiz mumkinki, jamiyat hayotining barcha jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar o'z samarasini berayapti. Binobarin, istiqlol yillarida Vatanimizda yashayotgan turli millatlar o'rtasida o'zaro hurmat, tenghuquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlash, uning qonuniy asoslarini yaratishga alohida e'tibor qaratildi.

Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin.

Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan bir sharoitda ko'plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Shu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.

Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish etti tilda olib boriladi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki  tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda  gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.

Bu borada yaxlit, chuqur o'ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratilmoqda. Bu islohot va o'zgarishlarning negizida konstitutsion huquq va kafolatlar yotganini alohida qayd etish lozim. Shundan kelib chiqib, bu borada quyidagi dalillarni keltirib o'tish zarur.

Birinchidan, turli millat va din vakillarining o'z salohiyatini to'laqonli amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy kafolatlar belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, teng huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta'minlash alohida e'tiborga olingan.

Mazkur sohada O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini o'zaro hurmat qilish kiradi.

Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni ta'minlaydi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos keladi.

Ikkinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda ­O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilmoqda.

So'nggi to'rt yilda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qat'i nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.

Masalan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish to'g'risida qaror qabul qilish vakolatlari ijro hokimiyati — adliya organlaridan sudlarga o'tkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi, hisobotlarni taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilda bir marta hisobot taqdim etadi.

Shuningdek, 2019 yilda millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontseptsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birga, diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, unga ko'ra, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elatlar vakillari o'rtasida konstruktiv va o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi, Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyati takomillashtirildi.

Uchinchidan, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish borasida institutsional yondashuv yo'lga qo'yildi.

Jumladan, Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Din ishlari bo'yicha qo'mita huzuridagi Konfessiya ishlari bo'yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi.

Kengash tarkibi 9 nafardan 17 nafar a'zoga — O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi. e'tiborli jihati, kengash a'zoligiga a'zolari oz sonli diniy tashkilotlarning rahbarlari ham kiritildi. Jamoatchilik maslahatlashuv organi hisoblangan mazkur kengashning asosiy maqsadi O'zbekistondagi mavjud diniy-ijtimoiy jarayonlarni muhokama qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasining asosiy vazifalari qatoriga davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari bilan o'zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash va yanada rivojlantirish kiritildi. Qo'mita qoshida fuqarolarning etnomadaniy talablarini o'rganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milliy sabablarga ko'ra, ehtimoliy mojarolarning oldini olishga ko'maklashuvchi Jamoatchilik kengashi tuzildi. Bundan kutilayotgan asosiy natija — mazkur sohada davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir.

Mamlakatimiz hududida yashayotgan millatlar urf-odati hamda islom dinining madaniy va tsivilizatsion merosi, ma'naviy-falsafiy ahamiyatini chuqur o'rganish bo'yicha ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad — fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida diniy bag'rikenglik, millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlarini chuqur o'rganish va uni bugungi kun sharoitida rivojlantirishdan iborat. Bu borada Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro tadqiqot markazlari tashkil etildi.

Shu bilan birga, tegishli oliy ta'lim muassasalarida sifatli diniy ta'lim olish imkoniyati kengaymoqda. O'rta, oliy diniy ta'lim, magistratura, boshlang'ich doktorantura va doktoranturani o'z ichiga olgan diniy ta'limning besh bosqichli tizimi shakllantirildi. Islomiy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi ikki baravar oshirildi. Shuningdek, Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent xristian seminariyasi o'quv dargohlari ham o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

To'rtinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida muhim o'rin egallay boshladi. Hukumat xalqaro tashkilotlar hamda ushbu sohadagi mutaxassislar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik o'rnatishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Huseyn hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar bo'yicha Oliy komissari Lamberto Zanierning mamlakatimizga tashrifi chog'ida mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar muhokama qilindi va xalqaro mutaxassislar tomonidan bu boradagi o'zgarishlarga yuqori baho berildi.

e'tiborli jihati, 2017 yilda mustaqil ­O'zbekiston tarixida ilk bora mamlakatimizga  BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining  din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid tashrif buyurdi. Uning tavsiyalari asosida 2018 yil 4 may kuni ­O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va e'tiqod erkinligini ta'minlash bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

Umuman olganda, xalqaro hamjamiyat mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va ­O'zbekiston tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, O'zbekiston ­Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 19 sentyabr` kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etilishi  va ushbu hujjatning 2018 yil 12 dekabrda qabul qilinishi bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Mazkur sohada olib borilgan islohotlar doirasida erishilgan muhim natijalardan biri sifatida 2018 yilda AQSh Davlat departamenti O'zbekistonni diniy erkinlik borasida “alohida tashvish uyg'otuvchi mamlakatlar” ro'yxatidan chiqarganini ko'rsatish mumkin.

e'tiborli jihati, 2020 yil 13 oktyabr` kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida bo'lib o'tgan saylovlarda O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga — 2021-2023 yillarga saylandi. Mamlakatimiz uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 193 davlatdan 169 tasi ovoz berdi. Bu saylovda eng ko'p ovoz berilgan davlat O'zbekiston bo'ldi. Bu ham yurtimizda millati va dinidan qat'i nazar, inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan, shu jumladan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida olib borilayotgan siyosatning e'tirofi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Bularning barchasi O'zbekistonning xalqaro munosabatlarda ishonchli va mas'uliyatli sub'ekt sifatidagi roli mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida ijobiy va o'zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model` turli millat va din vakillari o'rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi.

Shu ma'noda, so'nggi yillarda O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va din sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi. Mazkur tizimning muvaffaqiyati esa yurtimizda tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratmoqda. Zero, zamonaviy davlatning bosh maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlik, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlashdan iborat.

Bu borada Asosiy qonunimiz — Konstitutsiya nafaqat jamiyat va davlat taraqqiyotini belgilovchi oliy darajadagi siyosiy-huquqiy hujjat, balki mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaroning munosib turmush tarzini kafolatlovchi muhim asosdir.


Uzbekiston mustakillika erishgandan sung kun tartibida jaxon andozalariga mos keladigan davlat kurish, siyosiy. Ijtimoiy va iktisodiy soxada tub isloxatlarni amalga oshirish, ularni konun bilan mustaxkamlaydigan xukukiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turardi. CHunki sobik sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo kilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshkarish, ishlab chikarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iktisodiy xayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni takozo etardi.

SHuni aytish kerakki, jaxonda ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishning xamma mamlakatbop tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bulgan tayyor andozalari xech kachon bulmaydi. SHu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy

jixatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bulgan Uzbekistonday kadimiy makonda xam uziga xos yul tanlash uchun ancha muncha izlanishlar kilish zarur buladi.

Birok vaktni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. SHuning uchun xam «Mustakil Uzbekiston tugulgan kuniyok oyokka turishga, uzi yurishga majbur edi».

Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda Uzbekiston uchun uziga xos istiklol va tarakkiyot yulini tanlash, yangi jamiyat barpo kilish uchun uz andozasini ishlab chikish goyat dolzarb va axamiyatli edi. Uz navbatida bunday vazifani uddalash Uzbekistondagi ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar urtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyokarashi, jumladan, diniy e’tikodi, ruxiyati va xulk-atvor normalari shuni takozo etardi. Ayni chogda, Uzbekistonning uz ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish andozasini ishlab chikishda rivojlangan mamlakatlarning kup asrlik tajribasini urganish, ularning foydali kismini uzlashtirish bilan birga Uzbekiston xalkining turmush tarzi va an’analariga xam tayanish lozim edi.

Albatta, mamlakat uchun xayot-mamot boskichi bulgan bir paytda uning yangi jamiyatga utishi bilan boglik vazifalarni bajarish davlat raxbaridan yangi sharoitga mos boshkaruv tizimini iktisodiy asosini vujuldga keltirishni takozo kiladi. axolining barcha toifalarini yagona maksad atrofida birlashtiruvchi goyalar tizimini yaratishni talab etadi.

Uzbekistonning uzi xos tarakkiyot yuli ana shu tarzda shakllanmokda.

3. Ogoxlik-Mustakillikni mustaxkamlashning muxim omili ekanligi.

Uz xavfsizligini ta’minlay olmagan xalk kullikka maxkumdir. Bu tarixiy xakikat kaerda unutilsa, usha erda ijtimoiy silkinish va zurikishlar yuz beradi.

SHu bois fukarolar xavfsizligini ta’minlash uchun avvalo usha xavf kaysi tomondan kelishi mumkinligini anik tasavvur kilish lozim.

Bu kuchlarning maksad va niyatlari nimaligi. YOvuz maksadga erishish uchun ular kanday vositalardan foydalanishlari mumkinligi davlatimiz raxbarlarining Uzbekiston milliy axborot agentligi muxbiri savollariga bergan javoblarida sodda va lunda kilib kursatilgan bulsa, Oliy Majlis XIV sessiyasida suzlagan ma’ruzasida bu fikrlar yanada oydinlashtirildi. Bunda xalkimiz e’tibori ikki xavf-xatarga karatilgan.

Birinchidan, islom dini xalkimiz uchun mukadas kadriyat ekanidan foydalanib, ota-bobolarimiz dinini nikob kilib, Uzbekistonni demokratik, ma’rifiy tarakkiyoti yulidan ogdirishga, uni orkaga kaytarishga urinmokdalar.

16 fevraldagi fojeali vokealarning ishtirokchilari asosan yoshlardan iborat ekanidan tashvish bildiradi.

Xalkimizning xar kanday tashki va ichki ekstremizm

xurujiga shayligini ta’minlash uchun avvalo fukarolarimizni fukarolarni mustakillik mafkurasi bilan kurollantirish va shu mafkura atrofida jipslashtirish lozim.

16 fevral vokealari bir tomondan bizning xushyorligimiz pasayganini, mavjud xavf va taxdidlarni unutayozganimizni kursatgan bulsa, ikkinchi tomondan xalkning Prezident atrofiga jipslashuviga, mustakillikni ximoya kilish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar kilishga katta turtki berdi. Oliy sudda fevral vokealari ijrochilari ustidan bulib utgan sud jarayoni va unga minglab, millionlab yurtdoshlarimizning faol munosabati xalkimizning ichki va tashki taxdidlarga karshi mustaxkam uyusha boshlaganini kursatdi. Milliy mafkura va odil yurtboshi atrofida jipslashgan xalkni esa xech kanday kuch enga olmaydi.




Download 102,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish