Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

Sunniylik
deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’oni karim va 
payg‘ambarimiz hadislari – “Sunna” ga birdek amal qiluvchilarga aytiladi. Sunniylik 
yo‘nalishi “Ahli sunna val jamoa” deb aytiladi. Bu nomda Payg‘ambarning sunnatiga 
amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik jamoasi ma’nolari aks etgan.
Jahonda jami 1,2 milliarddan ko‘proq musulmonlarning 92,5 foizni sunniylik 
yo‘nalishdagilar tashkil etadi. Shialik yo‘nalishi y’ani ja’fariya mazhabidagi 
musulmonlar 7,5 foizdan iborat halos.
Sunniylikka mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir. Dastlabki 
to‘rt halifa ( Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimyati qonuniy ekanligi tan olish, oltita 
hadis to‘plami (al- Buhoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn Moja 
to‘plamlari) ni sahih (ishonchli) deb bilish sunniylikdagi to‘rt diniy-huquqiy mazhab – 
hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylikdan birga mansub bo‘lishdan iborat.
Sunniylikdagi eng yirik mazhab Hanafiya bo‘lib, unga ergashganlar jahondagi 
musulmonlarning 47 foizni tashkil etadi. Bu mazhabning asoschisi Abu Hanifa 
Nu’mon ibn Sobit (699-767) dir. U Iroqning Kufa shahrida tug‘ilgan, kelib chiqishi 


88 
jihatdan forslardan. Abu Hanifa Shariat huquqlarini tizimga solgan. Shariyat 
qonunlarini musulmonlarini musulmonlar hayotiga qo‘llashda, hukm chaqirishda,
hulosaga kelishda avvalo Qur’oni karim so‘ngra payg‘ambar sunnatlari – hadislarni, 
undan keyin iymonni,undan so‘ngra qiyosni qo‘llagan. U mahalliy huquq, me`yor, 
odatlarni shariat bilan kelishtirib qo‘llashni joriy etgan. Islom huquqshunosligiga aql-
idrok, mulohazakorlik bilan ish ko‘rish tadbirlarini kiritgan. Bu yo‘lni Imom A’zam 
yo‘li deb ham yuritiladi.
Sunniylikdagi ikkinchi mazhab moliyliklikdir. Uning asoschisi Molik ibn Anas 
Abu Abdulloh (713-795) dir. Islom huquqini puxta egallab, “Madina imomi ” unvoniga 
sazovor bo‘lgan. Molik ibn Anas biror siyosiy siyosiy oqimga ergashmagan, 
hokimyatning saylab qo‘yilishi qoidasini afzal bilgan, lavozimlarga ma’muriy 
tayinlanishlariga qarshi bo‘lgan. Moliykiylik mazhabidagilar Qur’on va Hadis huquq 
asoslari sanaladi deb hisoblaganlar. Ular payg‘ambarga oid hadislarnigina sahih deb tan 
oladilar. Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan ma’qullagan qoidalarnigina ijmo‘ 
deb hisoblaydilar. Hozirda jahondagi musulmonlarning 17 foizi molikiylik 
mazhabidadir. 
Sunniylikdagi uchinchi diniy- huquqiy mazhab – shofiylik bo‘lib , uning 
asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shof’iy (767-820) 
Shof’iylik Qur’on va Sunnaga yagona manba sifatida haraydi. Shofiylikka ko‘ra, sunna 
Qur’onni to‘ldiradi, halos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish uchun asos 
bo‘lolmaydi. Ular ijmo‘dan foydalanishga katta e’tibor beradilar. Hozirda 27 foiz 
musulmonlar shof’iy mazhabi yo‘lidan bormoqdalar. 
Sunnalikdagi turtinchi mazhab Hanbaliyadir. Uning asoschisi Abu Abdulloh 
Ahmad ibn hanbal (780-855) dir. Bu mazhab huquq tizimining o‘ta torligi, har qanday 
ko‘rinishdagi “yangilik”qadimiy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat 
me’yorlariga qat’iy, hech qanday o‘zgarishsiz amal qilishi bilan ajralib turadi.Mazkur 
mazhabda Qur’oni karim va hadislarni erkin talqin etishdagi har qanday urinishlar 
qoralanadi. Hozirda barcha musulmonlarning 1,5 foizi hanbaliya mazhabidadir. 
Sunniylikdagi yuqorida qayd etilgan to‘rttala mazhab teng hisoblanadi. Bu 
mazhablar diniy huquq doirasida chiqmagan holda shariat maslalarida yengilroq yoki
qattiqroq hukm chaqirishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bizning yurtimizda azaldan 
fiqhda hanafiylik, aqidada esa moturidiylik ta’limotlariga amal qilib kelinadi.
Islom dinidagi yo‘nalishlardan yana biri Shialikdir. Shia- arabcha so‘z bo‘lib, 
ma’nosi ”guruh” , “tarafdor” demakdir. Shialikdagi “ja’fariya” mazhabi Islomdagi 
beshinchi diniy-huquqiy mazhab sanaladi. 
Shialik
aslida guruhlar o‘rtasida hokimyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan 
bo‘lsa ham, keyinchalik diniy ta’limotidagi tafovut shaklida barharorlashgan.
Shialik sunniy kabi Qur’oni karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, ammo dastlabki uch 
halifa davrida uning ayrim qismlari tushurib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular yana 
Payg‘ambar hadislarining hammasini e’tirof etmaydilar, balki faqat Hazrat Ali va uning 
tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarnigina tan oladilar. Ular shunday 
hadislardan iborat to‘plam tuzganlar. Bu to‘plam umumiy nom bilan “Ahbor” deb 
ataladi. 
Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom hokimiyatini tan oladi. Alidan 
boshqa halifalarni, hususan dastlabki halifalar Abu Bakr, Umar,Usmonni hokimyatni 


89 
zo‘ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar.Sunniylikda e’tirof etilgan 7 ta diniy 
aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida – 
Allohning yagonaligi, taqdirga, payg‘ambarlarga, qiyomat-ohirat kunining kelishiga 
ishonish asosan sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5 – aqida Imomat esa (imomlar 
hokimyatini e’tirof etish) sunniylikka va sunniy halifalar hokimyatiga zidligi bilan farq 
qiladi. Sunniylar uchun Makka va Madina shaharlari ziyorat va hajga boradigan 
muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa Makka va Madinani muqaddas hisoblash 
bilan birga imomlar dafn etilgan shaharlarni ham muqaddas hisoblaydilar va ziyorat 
qiladilar.
Shialar ohirgi 12 – imom – Muhammad al – Mahdiyni yashiringan deb hisoblab, 
uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Go‘yo imom Mahdiy 
ohirzamonda kelib, Iso bilan birga Dajjol, ya’juj-ma’juj va boshqa kofirlar bilan 
urushib, ularni Yengib, qiyomat qoyim bo‘lishidan avval Yerda adolat o‘rnatadilar deb 
ishonadilar. Shialar Imom Husaynga motam tutadilar. “Shahsey-vahsey” (“Shoh 
Husayn, voh Husayn”) deb qichqirib, o‘zlariga ozor berib ko‘chalarga chiqadilar. 
Islom davlatlari kengayib borishi va islom dinini qabul qilishi oqibatida aqidaviy 
masalalar ham murakkablashib ketadi . Buning ustiga turli tomonlardan musulmonlar 
aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oladi. Ana shunday sharoitda 
sunniylik aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga solinishni davr taqozo 
etdi. Bu ishni musulmon olamining ikki yirik aqoid olimi- Abu Masrur al- Moturidiy as-
Samarqandiy va Abul Hasan al-Ahs’ariy amalga oshirdilar. Shu tariqa islom dinida 
aqidaviy masalalarni izohlash, tushuntirishda Movarounnahrda Moturidiya maktabi, 
Iroq va Eron tomonlarda Ash’ariya maktabi IX-X asrlarda shakllandi. Moturiylik 
ashariylikdan o‘nlab aqidaviy masalalarda farq qiladi.

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish