85
Qur’on tilida esa: “La Ilaha Illallohu Muhammadur Rasulluloh”. Bu kalimai tavhid
deyiladi. “Guvohlik beramanki, bir Allohdan boshqa iloh yo‘q
va yana guvohlik
beramanki, Muhammad Allohning bandasi va rasuli(elichisi) dir”. Qur’on tilida
“Ashhadu anna ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh”. Bu
kalimai shahodat deyiladi.
Islom diniga kirish, musulmon bo‘lish uchun yuqoridagai ikki iymon kalimasini tili
bilan aytmoq va qalban, chin dildan ishonib tasdiqlash lozim. Buni iymon keltirish deb
yuritiladi.
Bu ikki kalimani keltirish iymonning ilk bosqichidir. Iymonning yana qolgan olti
bosqichi-sharti bo‘lib, musulmon kishi yana shularga ishonmog‘i va ularga amal qilib
yashamog‘i ham shart hisoblanadi.
Sunniylikda iymon talabalari 7 tadir. Bular:
1.
Allohning yakkay-u- yagonaligiga ishonish, faqat ungagina sig‘inish, e’tiqod va
ibodat qilish.
2.
Allohning farishtalariga ishonish.
3.
Allohning barcha ilohiy, muqaddas kitoblariga ishonish.
4.
Allohning barcha payg‘ambarlariga ishonish
5.
Taqdirga, uning ilohiyligiga ishonish .
6.
Ohiratga, qiyomat qoyim bo‘lishiga ishonish.
7.
Qayta tirilishga ishonish.
Ana
shu yetti shart , e’tiqod talablari – iymonning to‘liq asosi, ustuni sanaladi.
Islomga e’tiqod qiluvchi har bir kishi tili bilan – “Iymon keltirdim Allohga, uning
farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, taqdiriga, qiyomat kuniga va o‘lgandan
keyin qayta tirilishga” , deb aytmog‘i va bunga dili bilan ishonmog‘i lozim. Endi shular
haqida qisqa to‘xtab o‘tamiz. Alloh- dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda
yuz bergan va beradigan barcha voqea va hodisalar Alloh tomonidan belgilangan va
uning irodasi bilan sodir bo‘ladi. Allohni hech kim bor qilgan emas u o‘zidan o‘zi
bordir. Alloh birdir.
Yakkadir,yolg‘izdir. U biluvchidir , u bilmaydigan biror bir ish
yo‘q. U har ishga qodirdir, hamma narsani ko‘ruvchi va eshituvchidir. Alloh
bildiruvchi, tarbiya qiluvchidir. Allohda hech qanday nuqson va kamchilik yo‘qdir. U
hamma yerda hozir. Alloh yemaydi, ichmaydi, kasal bo‘lmaydi.
Har bir musulmondan Allohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab etiladi.
Farishtalar- Allohning nihoyatda itoatli,
hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan,
odamlar ko‘ziga ko‘rinmaydigan bandalaridir. Ular Allohning buyurgan ishlarini
bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug‘ish, tug‘dirish, yeyish-ichish, uxlash kabi
hususiyatlar yo‘q. Farishtalarning eng mashhurlari-Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroildir.
Payg‘ambarlar Alloh tomonidan bandalariga din hukmlarini o‘rgatmoq
uchun
yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, to‘g‘ri , itoatli bo‘lib odam bolalaridan
chiqadilar. Ular Alloh tomonidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga
yetkazadilar, ularni haq dinga, yaxshi ishlarga va’z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur’oni
karimda 25 payg‘ambarni ismi keltirilgan. Payg‘ambarlar 2 hilga bo‘linadilar: 1.
Rasullar; 2. Nabiylar.
Alloh tomonidan o‘zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasul
deb ataladilar. Barcha payg‘ambarlardan 8 nafari: Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso,
Dovud, Iso va Muhammad rasul payg‘ambarlardir.
86
O‘zlariga mahsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga
berilgan kitob va shariat
asosida ish qilishga buyurilgan payg‘ambarlar nabiy deyiladi. Nabiylar rasul
bo‘lolmaydi. Rasullarning har biri ayni paytda nabiy ham hisoblanadilar.
Muqaddas kitoblar – har bir zamonning o‘ziga yarasha din va muomala
hukmlarini bayon etib, o‘sha zamonning payg‘ambarlariga vahiy qilib yuborilgan
kitoblardir. Alloh o‘z payg‘ambarlariga 100 sahifa – Odam , Shis, Idris, Ibrohimga; 4
kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborgan.
Ohirat –
narigi dunyo, o‘lgan bandalarning Alloh qudrati bilan tirilishi va Alloh
tayin qilgan yerga yig‘ilish kuni. Yig‘iladigan joyning nomi “Mashhur yeri”, kuni esa
“Qiyomat kuni” deb ataladi. Bu kuni bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshi, savob
yoki gunoh ishlariga yarasha hukm chaqiriladi.
Taqdir – Alloh tomonidan har bir bo‘lgan va bo‘ladigan ishlarning bo‘lmog‘ini
azaldan, oldindan tayin belgilab qo‘yilishidir. Buni bizda peshonasiga yozilgan ham
deyiladi.
Islom dinida “Islom arkonlari” degan tushuncha ham mavjud.
U quyidagi besh
asosdan, ustundan iborat : 1. Iymon; 2. Namoz; 3. Ro‘za; 4. Zakot; 5. Haj.
Yuqoridagilar har bir musulmon uchun farz qilib belgilangan. Bulardan tashhari janoza,
sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlari ham mavjud.
Islom dini bayramlariga – Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, mavlud va boshqalar
kiradi.
Iymon – yuqorida aytilgan Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad uning
bandasi va rasuli ekanligiga ishonmoq va e’tiqod qilmoqlikdir.
Namoz – kuniga 5 mahal o‘qilib, kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning
muhim vositasidir. Namozlar - farz, sunnat, vojib kabilarga bo‘linadi.
Ro‘za – kun chiqishdan to kun botishga qadar yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoq va
shunga niyat qilmoqlikdir. Ro‘za har bir sog‘lom musulmon uchun farz ibodati sanaladi.
U hijratning ikkinchi yili Madinada farz qilingan.
Zakot – mol-mulki shariat belgilagan miqdorga
yetganda yilda bir marotaba
ulardan qirqdan birini, y’ani 2.5 foizini beva-bechoralarga, miskinklarga, ilm toliblariga
va boshqa muhtojlarga berilishi shart bo‘lgan Allohning haqi.
Haj – ham jismoniy, ham ma’naviy, ham moddiy ibodat. Haj – kabatullohni tavof
qilmoq, Safo va Marva tog‘lari orasida yugurmoq, Arofat tog‘ida bo‘lmoq va zarur
marosimlarni ado etmoq uchun Makka shahriga ziyoratga bormoqlikdir.
Hajning shartlari quyidagilar;
1.
Islom dinida bo‘lish;
2.
Balog‘atga yetgan bo‘lish;
3.
O‘qil bo‘lish
4.
Ozod bo‘lish
5.
Qodir bo‘lish
Islomning ana shu besh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz qilingan.
Yuqorida bayon qilinganlar Islom ta’limotining asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: