Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

Takrorlash uchun savollar: 
1.
Xristianlik dini qachon va qayerda vujudga kelgan? 
2.
Xristianlikning asoschisi kim? 
3.
Xristianlik ta’limoti asoslari qaysi soborlarda qabul qilingan? 
4.
Xristianlik bo‘linib ketish sabablari nimada? 
5.
Xristianlikning muqaddas manbasi qanday nomlanadi? 
6.
O‘zbekiston hududiga xristianlik dini qachon kirib kelgan? 
 
 
 


72 
5-MАVZU. ISLOM DINI 
 
 
Reja 
1. Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. 
2. Islom dinining vujudga kelishi. 
3. Qur'on - islom dinining muqaddas kitobi.
4. Hadislar – Qur'ondan keyingi mo‘tabar manba.
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa 
xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Hozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar 
soni qariyib 1 milliard 600 million kishini tashkil etadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod 
qiluvchilar soni ortib bormoqda. 
Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya 
Arabistonida) paydo bo‘lgan. 
Islom- arabcha so‘z bo‘lib, mazmuni bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga 
topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- “Islomni 
qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko‘pligi “musulmon” deb ataladi. Bu 
so‘z hozir o‘zbeklarda – musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va 
Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. 
Umumiy tarzda, Islom – Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo‘ysunmoqlik, 
itoat etmoqlik va butun qalb bilan ihlos qilmoqlik va Alloh buyurgan dinga iymon 
(ishonch) keltirmoqlik demakdir. 
Islomning paydo bo‘lishi VI asr ohiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida 
yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog‘liq holda ro‘y bergan. 
Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug‘larga bo‘linib ketgan bo‘lib, ular 
o‘rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‘y berib turadi. 
Ikkinchidan bu davrda Arabistonda ko‘p Hudolilik dinlari mavjud bo‘lgan.Asosan 
fetishizm – turli sanamlarga sig‘inish hukmronlik qiladi. Har bir qabilaning o‘z dini 
sanami bo‘lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni Arablar vaqti-vaqti bilan 
ziyorat qilib turishgan. Uchinchidan bu davrda Arab qabilalari o‘rtasida Johiliya – 
bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik qilardi. Y’ani arablar hayotida tubanlik, 
ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi.
Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, xatti- harkatlari ham buzilgan 
edi. Odamlarda uyat tuyg‘usi yoqolgan edi. fohishalik bir kasbga aylangan edi. 
Ayollarga hayvonlardek muomala qilinardi. Go‘dak qizlarni tiriklayin ko‘mish odati 
kabi yomon illatlar bo‘lgan. 
Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, ahloqsizlik, zo‘ravonlik 
hukm surgani uchun ham keyingi avlod o‘sha davrni haqli ravishda Johiliya davri deb 
atagan va undan qutilishning najot yo‘li kerak edi. 
Bunday holatlarga, ayniqsa bo‘linib ketgan Arab qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro nizo 
va urushlarga barham berish uchun siyosiy,iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan 
yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa yagona 
Hudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo‘lar edi.
Bu davrda Islomning paydo bo‘lishi uchun g‘oyaviy muhit ham yetilib borayotgan 
edi. Chunonchi haniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy 
harakati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Haniflar Arab qabilalarini birlashitirish 


73 
jarayonining g‘oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka hudoga ishonishini va ko‘p 
hudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ‘ib qilardilar. Haniflar o‘z targ‘ibotlarida 
Arablarni og‘ir ahvoldan qutqarish uchun haloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi 
haqida habar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar. 
Shunday qilib, bu davrda Arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni 
vujudga keltirish, yakka hudolikka o‘tishga hijoz arablari ma’lum ma’noda tayyor 
edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan 
asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islom dinining asoschisi 
Muhammad (s.a.v.)dir. Muhammad (s.a.v.) har tomonlama barkamol inson bo‘lganlari 
u zotning shahsiy fazilatlari tufayli hijozliklarning harakati o‘ziga hos hususiyatlar kasb 
etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch Islomning vujudga kelishini eng muhim 
tarihiy voqealaridan biriga aylantirildi. 
Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Аfrika 
qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, 
Habashiston, g‘arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qit'asidagi Аrabiston 
yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Аfg‘oniston, Xitoy aholisining bir 
qismi, Yevropa qismida bo‘lsa, Bolqon yarim orolida yashaydigan xalqlarning bir qismi 
islom diniga e'tiqod qiladi. Аholisining ko‘pchiliga mutloq musulmonlardan iborat 
bo‘lgan 39 mamlakat, hatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etgan ba'zilari ham 
(Misr, Malayziya) 49 o‘zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar. Ya'ni ularning 
ba'zilarida (Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarining nomiga 
islom so‘zi qo‘shib aytiladi. Rasmiy statistika bo‘yicha, bir necha mamlakatlarda 
aholining deyarli barchasi, musulmonlardan iborat 28 mamlakatda islom rasman davlat 
dini sifatida tan olingan. 
Shuningdek, Markaziy Osiyo, Kavkaz ortida Shimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi, 
G‘arbiy Sibirь va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. Hozirda 
islomga e'tiqod qiluvchilarning soni oshib bormoqda. Аyniqsa e'tiqod haqidagi yangi 
qonunning qabul qilinishi, vaqtli matbuot sahifalarida, radio eshittirishlar va oynai 
jahon ko‘rsatuvlarida din mavzuidagi chiqishlarning ko‘payishi, maxsus gazeta va 
jurnallarning keng tarqalganligi islomga bo‘lgan e'tiborni oshirib yubordi. 
Islom jahondagi ayniqsa Osiyo va Аfrika qit'asi madaniyatining umumiy 
qiyofasida muhim iz qoldirdi. Bunga eng avvalo bu hududdarda arab tili va arab 
yozuvining keng tarqalganligi islom mafkurasi zaminida ishlab chiqilgan muayyan 
turmush tarzining hukmronligi musulmonlar ijtimoiy hayotining turli sohalari shariat 
tomonidan idora etilganliginy ymkon berdi. Sho‘nga qaramay mahalliy madaniy 
an'analar yo‘qolmay, yangi islom yo‘naliptida rivojlangan va u ko‘pincha qadimiy 
musulmon an'analari sifatida qabul qilingan. Musulmonlar madaniy merosi milliy 
ozodlik harakati va rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqillik uchun qurish 
jarayonida asosiy masalalardan biriga aylandi va ijobiy ahamiyat kasb etdi. 
Islomning paydo bo‘lishining tahlil etish davri xususiyatlari, arab qabilalari 
o‘rtasida xukmron bo‘lgan ijtimoiy—iqtisodiy munosabatlar va ularning diniy—
g‘oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi.
Аrabiston yarim oroli noqulay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan qum sahrolaridan va 
tog‘lardan iborat bo‘lib, uning aholisi V—VI asrlarda ko‘chmanchi chorvachilik bilan 
shug‘ullanar edi. Yarim orolning cheksiz sahrolarida yashovchi ko‘chmanchi 


74 
chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi arab qabilalari— bundan ham og‘ir sharoitda yashar 
edilar. Ular taraqqiyot jihatdan ancha orqada qolgan, hali urug‘chilik, qabilachilik 
tuzumida edilar. Yarim orolning g‘arbiy qismida Qizil dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab 
cho‘zilgan va qadimdan Hijoz deb nomlangan joylar bu davrlarda birmuncha iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan bo‘lib, asosan janubdan shimolga o‘tgan qadimiy karvon yo‘li bilan 
bog‘liq edi. Tarixiy manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda VI asr Yamandan shimolga 
Suriya, Misr va Falastinga olib boradigan karvon yo‘li faqat bu davlatlarning o‘zlariga 
emas, balki janubda Yaman orqali Habashiston va Xindiston, shimolda Suriya orqali 
Misr, Vizantiya va Eronni ham bir-biri bilan bog‘laydigan o‘z davri uchun yirik va katta 
iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo‘li edi. Hijozdagi ayrim aholi yashaydigan 
manzillar, yo‘l ustida joylashgan Makka, Madina, Toyif shaharlari VI asrda ancha 
rivojlangan. Bular shuningdek ko‘chmanchi arab qabilalarining savdo munosabatlariga 
jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar.
Makka diniy markaz va savdo markazi sifatida arab qabilalari orasida e'tiborlisi 
edi. Makka markazida joylashgan Ka'ba islomda eng «muqaddas» hisoblangan va 
«Allohning uyi» (Baytulloh) sajdagoh hisoblangan. Undagi qoratosh (Hajar al -asvod) 
va uch yuz oltmish sanam arab qabilalari uchun e'tiqod manbaiga aylangan. Ziyoratta 
kelish oylari muqaddas hisoblanib bu vaqtlar ichida qabilalarda urush va janjallar 
to‘xtatilar edi. 
V-VI asrlarda Makkada Quraysh nomli arab qabilasi hukmron bo‘lib, 
qurayshlarning yuqori tabaqalari savdo-sotiq bilan ancha boyib ketgan, bu yerda pul 
muomalalari, sudho‘rlik keng rivojlangan. Shuningdek qul savdosi va qullarning‘ 
mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan edi. Bu davrlarda Yamanni qo‘lga 
kiritish uchun Vizantiya va Eron o‘rtasida kurash avj olgan edi. 
Yaman sosoniylar hukmronligiga o‘tgan davrlari (572-628) Eron ko‘rfazi orqali 
Hindistonga boradigan yo‘l tez rivojlana boshladi va shu munosabat bilan Hijoz orqali 
o‘tgan yo‘l inqirozga uchraydi. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigina emas, balki barcha 
arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta'sir ko‘rsatadi va umuman Аrabiston bo‘yicha 
ijtimoiy - iqtisodiy tanazzulning boshlanishiga sabab bo‘ladi. 
Аrabiston shaharlari va qabilalari o‘rtasida mavjud bo‘lgan tarqoqlik va 
kelishmovchiliklarga xotima berib, barcha arab qabilalarini bir davlatga birlashtirish, 
ularning tarqoq bo‘lgan iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona kuchga aylantirish 
zarur edi. 
Ijtimoiy hayot taqozosi natijasida vujudga kelgan arab qabilalari o‘rtasidagi 
markazlashishga intilish harakatlari arab jamiyatida VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz 
bergan jiddiy tarixiy voqealar asosida yotar edi. Bu intilishni o‘zida aks ettirgan 
mafkura sifatida islom dini vujudga keladi va markazlashtirilgan arab davlatining paydo 
bo‘lishi qo‘shni mamlakatlarning bosib olinishi va arab halifaligining kengayishi 
jarayonida bu din kuchli g‘oyaviy qurol sifatida xizmat qiladi. 
Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror 
topishi, arab qabilalarining yakka hudo – Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi 
Abdullohning o‘gli Muhammad nomi bilan chambarchars bog‘liq.
Qur’oni karimda 25 nafar payg‘ambarning nomi zikr etilgan. Muahmmad Alloh 
tomonidan odamlar orasidan tanlangan so‘nngi payg‘ambar sanaladi. Muhammad ibn 
Abdulloh (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida 


75 
tug‘ilgan. Otasi Abdulloh Muhammad tug‘ilmasdan ikki oy oldin 25 yoshida vafot 
etgan. Muhammad 6 yosh bo‘lganida onasi Amina ham vafot etadi. Muhammadni
bobosi Abd al-Mutallib o‘z tarbiyasiga oladi. Ikki yildan so‘ng bobosi ham vafot etadi. 
Sakkiz yoshli Muhammadni amakisi Abu Tolib o‘z tarbiyasiga oladi. Abu Tolib tijorat 
ishlari bilan shug‘ullanardi. Muhammad ham amakisi bilan tijorat ishlari bilan 
shug‘ullangan. 25 yoshda Yamanga o‘sha davrning badavlat ayoli Hadicha bilan uning 
mollarini sotishda ko‘maklashish uchun boradi. Bu hamkorlik Muhammad bilan 
Hadichaning oila qurishiiga sabab bo‘ladi. Ular 6 nafar farzand- ikki o‘g‘il va to‘rt qiz 
ko‘rganlar. Farzandlaridan faqat Fotima o‘sib ulg‘aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot 
etgan. 
Muhammad amakisi Abu Tolibga yordam bo‘lsin deb uning kichik o‘g‘li Alini o‘z 
yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan. 
Muhammad 40 yoshga borganida uning hayotida Payg‘ambarlik davri boshlangan. 
Y’ani unga ilk vahiy kela boshlagan. Ana shu davrdan Muhammad Allohning rasuliga – 
elchisiga aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi. Uning bir qismi Makkada (610-622), 
ikkinchi qismi Madinada (622-632) o‘tgan. 
Adabiyotlarda qayd etilishicha, dastlabki vahiy ramazon oyining 26-sidan 27-siga 
o‘tar kechasi kelgan. Shuning uchun bu kunni musulmonlar qadr, y’ani ilohiy qudrat 
kechasi sifatida nishonlaydilar. Ramazon oyini esa muborak deb biladilar. Kelgan
vahiy Muhammad Payg‘ambarni insonlarni johiliyadan qutqarish va Alloh ko‘rsatgan 
to‘g‘ri yo‘lga chaqirishga da’vat etadi. 
Muhammad(s.a.v.) Makkaliklarni but va sanamlarga sig‘inishdan qutqarish va 
yagona Alloh e’tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. Bu 
davrda Islom diniga kirganlar 30 kishini tashkil etdi xolos. Birinchi bo‘lib Bibi Hadicha 
keyin amakivachchasining o‘gli Haydar y’ani Ali, asrandi o‘g‘li Zayd ibn Horis islomga 
kirdi. So‘ng Abu Bakr, az-Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abd ar Rahmon ibn 
Avf, Usmon ibn Affon va boshqalar islomni qabul qildilar. Shu tariqa Makkaliklar 
ikkiga ajralishdi. Bular Allohning yakkaligiga ishonganlar- mo‘min-musulmonlar , 
ishonmaganlar – mushriklar edi. Mushriklar Allohni yakka deb e’tirof etmay, uning 
sheriklari bor, y’ani hudolar ko‘p deb , turli sanam, tosh va hakozolarga, ko‘plab 
hudolarga sig‘indilar. Mushriklar 23 yil davomida Muhammad(s.a.v.) targ‘ibotlariga 
tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Ular hatto Muhammad Payg‘ambarni jismonan 
yo‘q qilmoq payiga tushganlar. 
Shuning bilan birga, o‘sha davrdayoq qurayshlarning ummaviylar xonadoniga 
mansub bo‘lgan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida badavlat zodagonlar 
targ‘ibotiga jiddiy qarshilik qo‘rsata boshlagan.
619 yilda avval amakisi Abu Tolib, keyin hotini Hadicha vafotidan so‘ng 
mushriklar payg‘ambarga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. U zot o‘zga yerlardan 
tarafdorlar izlashga majbur bo‘ldilar. 
Mamlakatda ahvol jiddiylashganini ko‘rib 
Muxammad (s.a.v.) Makkadagi Аus va Hazraj nomli qabilalarning vakillari bilan 
Madinaga ko‘chib kettan. 
Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi. 622 yilda Makka 
zodagonlari bilan raqobatlashib kelayotgan Yasrib(Madina) dagi Aus va Hazraj 
qabilalarining vakillari musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish , Muhammad(s.a.v.) ni 
umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo‘lishdi. Shu tariqa 622 yilda musulmonlar 


76 
jamoasi Makkadan Madinaga ko‘chadi. Buni tarixda hijrat - ko‘chish deb 
yuritiladi.Musulmon yili Hijriy yil hisobi shu yildan boshlanishi rasmiy tan olingan. 
Ko‘chib kelgan kishilar muhojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada Islomni qabul 
qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Bu yerda Muhammad(s.a.v.) qisqa vaqt 
ichida tarqoq arab qabilalarini muhojirlar bilan birlashtirib bir jamoa – ummani tashkil 
etdi. Bu jamoa qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma’muriy 
va harbiy hokimiyat butunlay Muhammad Payg‘ambar qo‘liga o‘tdi. Madina atrofidagi 
barcha arab qabilalari bo‘ysundirildi. Ayni vaqtda Madina va Makka o‘rtasida 
boshlangan kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uhud, Handoq kabi janglar bo‘lib o‘tdi. 
Nihoyat Makka zodagonlari 628 yilda Muhammad(s.a.v.) bilan kelishishga majbur 
bo‘ldilar. 630 yilda musulmonlar qo‘shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib 
bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning 
elchisi deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka’ba 
musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. 632 yilda Muhammad oila a’zolari 
bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi. Mazkur Haj tarixda 
“vidolashuv haji” deb yuritilib, Muhammad hajga to‘plangan 124 ming musulmonga 
qarata tuya ustida o‘tirib nutq so‘zlangan. Bu nutq tarihda – “vidolashuv hutbasi” deb 
yuritilib, u nafaqat yig‘ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilganligi va 
insoniyat tarixida eng buyuk inqilob yasaganligi bilan ajralib turadi. Vidolashuv hutbasi 
jaholiyat davrining butun hurofatlarini, butun yomonliklarini, qon da’volarini, 
sudho‘rlikni, qimor,fohishalikni, ayollarga nisbatan past nazar bilan qarashni o‘rtadan 
barham toptirishda muhim rol o‘ynaydi. 
Muhammad Payg‘ambar aytgan va’zlarining qisqacha mazmuni quyidagicha:
“Ey insonlar! So‘zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman, balki bu sanadan 
keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo‘lolmasman. 
“Ey insonlar”! ..Bu kuningiz (qurbon kuni) qanday muqaddas bo‘lsa, bu oyingiz 
qanday muqaddas bo‘lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo‘lsa, 
bilingizki, jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har 
qanday tajovuz haromdir. 
Ashobim! Hushingizni yig‘ib oling! Bilingizki, zinhor-bazinhor mendan keyin eski 
adashuvga qaytib bir-biringizning bo‘yningizni kesmang! 
Ashobim! Eski Johiliyat davridan qolgan hamma qon da’volari batamom bekor 
qilindi. 
Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo‘lsa, uni egasiga qaytarib bersin.
Ey Insonlar! Hotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shavqat, mehr ila 
muomalada bo‘lingiz. Ularning haqlari hususida Allohdan qo‘rqingiz! Hotinlar Sizga 
Tangrining omonatidir. Ular Ollox nomiga so‘z berib oldingiz. Sizning hotinlar ustida 
haqlaringiz bo‘lgani kabi, ularning ham Sizda haqlari bor. Sizning xotinlardagi 
haqlaringiz – hotinlarning oila sharafini Siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoqosti 
qildirmasliklaridir. Xotinlaringizning har turli yeyish va kiyish ehtiyojlarini 
ta’minlashingiz esa, ularning Sizning ustingizdagi haqlaridir…Bir xotin erining 
ruhsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas. 
Ey mo‘minlar! So‘zlarimni yaxshi eshitingiz : …Hech kimning boshqalardan 
ustunligi yo‘qdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat iladir. Har bir musulmon 


77 
musulmonning birodaridir. Haqsizlik qilmang! Haqsizlikka bo‘yin ham egmang! 
Odamning haqlarini yemang. Bir-biringiz bilan bo‘g‘ishmang! … 
Ey Insonlar! Har bir jinoyatchi o‘z aybiga faqat o‘zi javobgardir. Hech bir 
jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi.
Ey mo‘minlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bog‘laningiz sari 
yo‘lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Allohning kitobi – Qur’ondir. 
Ey insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning…”
Muhammad Rasulluloh hajdan qaytgach 632 yil 8 iyunda kasallanib vafot etdi. Bu 
davrga kelib Arabiston yarim oroli to‘la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom 
dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy , etnik va madaniy jihatlardan 
birlashishida Islom dini muhim omil bo‘lib hizmat qildi.va kelajakda vujudga kelgan 
musulmon olamining mafkurasiga aylandi. 
Muhammad Rasululloh vafot etgach u barpo etgan davlatni uning o‘rinbosarlari – 
halifalar boshqargan. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda “Arab 
halifaligi” deb nom olgan.
622 yili yuz bergan bu ko‘chish (arabcha «hijrat»)dan musulmonlarning xijriy yil 
hisobi boshlanadi. Makkadan ko‘chib borganlar islom tarixida «muhojirlar» (ko‘chib 
kelganlar), Madinalik qabilalardan islomni qabul qilganlar esa «ansorlar» 
(«yordamchilar») deb nom olgan. 
Muxammad (s.a.v.) Madinaga kelgach, o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat 
qiladi va islomni targ‘ib qilishni davom ettiradi. 
Nihoyat makkaliklar va madinaliklar o‘rtasida bir necha janglar bo‘lgan. Ulardan 
biri. Badr qudug‘i yonida II hijriy yilning ramazon oyida (17 yoki 19 kun) bo‘ladi. 
Ikkinchi jang 625 yil iyul - avgust oylarida va 626 yili «Handoq jangi» nomini olgan 
uchinchi to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu janglarda Muhammad (s.a.v.) g‘alaba 
qozongandan keyin Madinada o‘z mavqeini mustahkamlab bu yerda faol siyosat olib 
boradi. 
628 yili musulmonlar jamoasi uchun muhim bo‘lgan voqea yuz beradi. 
Muhammad (s.a.v) Ka'bani muqaddas deb e'tirof etishni namoyish qilish maqsadida 
1500 ga yaqin musulmonlar bilan barcha qabilalar hajga boradigan mavsumda Makkaga 
jo‘naydi. Bundan xavotirlangan ummaviylar rahbarlari Аbu Sufyon bilan birga 
Makkada 30 kilometrcha narida bo‘lgan Hudaybiya vodiysida uni to‘xtatadilar. 
Muzokaralar boshlanib, o‘rtada shartnoma, «xudaybiya sulhi» tuziladi, qasam ichiladi, 
qasam «bayha» deb ataladi. Bitimlarga muvofiq makkaliklar madinaliklarga kelasi 
yildan boshlab hajga kelishga ijozat berishadi. 
630 yili: Madina qo‘shinlari Makkani qarshiliksiz egallaydilar. Ummaviylar bilan 
raqobat qilgach, ular Payg‘ambar yaqin yordamchilariga aylanadilar. Islom Аrabiston 
yarim orolining asosiy hukmron diniga aylanadi, Shunday qilib Muhammad (s.a.v) 
islom bayrog‘i ostida arab qabilalarini birlashtirib yagona markazlashgan mamlakatni 
tashkil etadi. 
Muxammad (s.a.v) 632 yili iyun oyida 62 yoshida Madinada vafot etadi. Bu 
davrlarga kelib anchagina mustahkamlangan musulmonlar davlati vujudga kelgan va bu 
davlat Yamandan Sino yarim oroligacha, Qizil dengiz sohillaridan markaziy qum 
sahrolarigacha cho‘zilgan katta hududni o‘z ichiga oladi. Muxammad (s.a.v.) vafotidan 
keyin halifalar (yordamchilar) davlatni boshqaradilar va shu munosabat bilan 


78 
musulmonlar davlati o‘zining bundan keyingi tarixiga «arab xalifaligi» deb nom beradi. 
Muhammad (s.a.v.) vafot ettandan keyingi birinchi kunlardayoq musulmonlar jamoasi 
yo‘lboshchilari hokimiyat uchun kurash boshlaydilar. Bu kurashda muhojirlar guruhi 
g‘olib chiqadi va Muhammadning qaynotasi, Oyshaning otasi Аbu Bakr halifa deb e'lon 
qilinadi, Аbu Bakr hukmronligining (632-634) dastlabki yillarida bir qator arab 
qabilalari o‘rtasida Madina hukmronligiga qarshi o‘z mustaqilligi uchun harakat 
boshlanadi. Bu voqealar diniy manbalarda «ar—ridda» deb nom olgan. Islom tarixida 
Madina hukmronligiga qarshi bosh ko‘targan qabilalar harakati «islomdan chiqish», 
«dindan qaytish» deb ta'riflangan. Dindan qaytgan kishilar qattiq ta'qib qilingan. Halifa 
Umar (634 — 644) zamonida istilolar yana kuchaydi. 634 yili Basra, 633 yili Damashq, 
640 yili Quddus va Falastin, Suriya yerlari to‘la ravishda halifalik qo‘liga o‘tadi. 
Yana shunga ahamiyat berish kerakki, keyingi halifalar Usmon (644-656) va Аli 
(656-661) zamonlarida ham istilolar davom etadi. Kavkaz va Turon tomoniga yurish 
kuchayadi. Qisqa vaqt ichida Gruzin, Ozarbayjon, Eronning shimoliy qismi, Xuroson, 
Mavr yerlari arab qo‘l ostiga o‘tadi va halifa qo‘shinlari Аmudaryo sohillariga chiqadi. 
Shunday qilib 30 yildan ozroq vaqt ichida arab halifaligi o‘sha zamondaga eng katta 
imperiya bo‘lgan Vizantiyaga nisbatan ham katta hududni bosib oladi, sosoniylar 
imperiyasi barham topadi. 
Buning natijasida Аmudaryo sohillarida Shimoliy Аfrikagacha Tbilisi va 
Darbanddan Yaman va Usmongacha cho‘zilgan yangi imperiya vujudga keladi. Qisqa 
vaqt ichida arab qo‘shinlarining bunday yengil g‘alaba qozonishining sababi nimada 
degan savol tug‘ilishi tabiiy. Аrab qo‘shinlarini yaxshi tashkil qilingan yoki yuqori 
harbiy texnikaga ega bo‘lgan deb aytish to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki bu qo‘shinlar 
badaviylar va boshqa har xil qabilalardan tuzilgan bo‘lib, o‘z zamonida ma'lum bo‘lgan 
harbiy san'at va texnika darajasidan ham ancha orqada turar edi. Osonlik bilan erishgan 
g‘alabalarning asosiy sababi bu davrda arab qo‘shinlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatadigan 
kuchning yo‘qligi edi. 
O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga islomniig kirib kelishi bilan kalom, ya'ni islom 
falsafasini va diniy talablarni bajarishda arab tili ustuvorligi o‘rnatilgan. So‘ngra fan, 
adabiyot, falsafa va madaniyatning turlariga ham arab tilining ta'siri kuchli bo‘lgan. 
Аmmo mahalliy xalqlar islomdan ancha oldinroq o‘z ona tillarida yozuvni, ma'rifatu 
madaniyatni, ilm-fanni rivojlantirishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu jarayon keyinchalik 
islomning ta'sirida yanada rivojlantirilgan. Masalan, kishilarning turmush tarzi islom 
talabiga moslasha borgan, urf-odat va marosimlar diniy tus olgan, yoshlarga bilim 
berish uchun ko‘plab madrasalar, qiroatxonalar tashkil etilgan. 
Demak, O‘rta Osiyo xalqlarida hayotida ilm-ma'rifat va madaniyatning 
rivojlanishida islomning ijobiy rol o‘ynaganini e'tirof etishimiz lozim. O‘rta asrlarda 
shakllanib ijod etgan savodli kishi, olim, shoir, ma'rifatparvar, mutafakkirlarning hayoti 
va faoliyatida islomning ijobiy roli bor desak xato qilmaymiz. 
Islom O‘rta Osiyo xalqlari turmush tarziga, madaniyatiga turli qirralarda o‘z 
ta'sirini ko‘rsatgan, Masalan, me'morchilik yodgorliklarini olib ko‘raylik. Madrasa, 
masjid, maqbara va boshqalar din manfaati yo‘lida qurilgan va unga xizmat qilgan. 
Аmmo u inshootlarni xalq qurgan, xalq ijodiga bog‘liq madaniy boylik ekanligini 
bilamiz. Shuningdek, xalqlar orasida shaxsiy uylarni qurishda uy peshtoqlarini, 


79 
ustunlarini, eshiklarini o‘ymakorlik qilib ishlash, ganchlardan turli shakllar yasab 
yopipggirish kabilar ham xalq ijodiy qadriyatlariga mansubdir. 
Islomda, eng avvalo, din asoslari — «arkon – ad-din» hisoblanuvchi besh asosiy 
amaliy va marosimchilik rukn talablarini bajarishni talab etilgan. Hozir ham shunday, 
Bular, birinchidan, kalimai shahodatni bilish; ikkinchidan, har kuni besh vaqt namoz 
o‘qish, uchinchidan, har yili ramazon oyida bir oy ro‘za tutish; to‘rtiichidan, yiliga bir 
marta shaxsiy molidan zakot berish beshinchidan, imkon bo‘lsa, umrida bir marta haj 
qilishdan iborat. Islomga xos marosimlar va odatlar mana shu besh rukn bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar 
turmush tarziga kiritilib, o‘ziga xos ma'naviy madaniyatning turiga, an'anaga 
aylantirilgan. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish