Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

Pravoslav oqimi.
Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri 
o‘laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va shakllandi. Bu 
oqim asosan Sharqiy Yevropa, yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. 


64 
Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian 
yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyеning kitobiy asoslari Vizantiyada 
shakllandi, chunki bu yo‘nalish u yerdagi hukmron din edi. 
Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviening rivojlanishi jarayonida 
15 ta mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Аleksandriya, Аntioxiya, 
Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Аlbaniya, Polsha, 
Chexoslovakiya, Аmerika cherkovlari shakllangan. 
O‘zining ahamiyatiga ko‘ra pravoslav dunyosida beshinchi bo‘lgan, lekin 
muxlislari soni jihatidan birinchi bo‘lgan rus pravoslav cherkovi X-XI asrlarda vujudga 
kelgan. Uning paydo bo‘lishi endigina shakllanayotgan feodal munosabatlarni himoya 
qilish uchun, yangi g‘oyaga muhtoj bo‘lgan Kiev davlatining ijtimoiy-siyosiy 
ehtiyojlarini qondirish uchun kerak edi. Rusning xristianlashuvi darrov amalga oshgan 
ijtimoiy jarayon bo‘lmay, bir necha asr davom etgan ziddiyatli tarixiy hodisa edi. 
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. Chеrkov ta'limotiga 
ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo‘ladi. 
Cho‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi 
Xudo-otani, o‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi. 
Badanga еlеyni surkash ham sirli bo‘lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy 
hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi. 
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko‘rinishida o‘z badanida Iso qonini 
abadiy hayotga tayyorlaydi. 
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o‘z gunohlarini din pеshvosi oldida tan oladi, 
din pеshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kеchiradi. 
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko‘tarish uchun 
yеpiskopning qo‘lini o‘sha shaxs badaniga tekkizishi (yoki qo‘yishi) orqali amalga 
oshiriladi. 
Badanni еlеy bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni 
tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi. 
Pravoslav chеrkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat bеradi. Post 
diniy marosimi odatda, katta chеrkov bayramlaridan oldin o‘tkaziladi. Postning 
mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqеalariga 
tayyorgarlikdan iborat. 
Rus Pravoslaviyasining ko‘p kunlik postlari to‘rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavеl 
kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan kundan oldin. 
Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o‘rinda turadi. Pasxa Isoning o‘lganidan so‘ng 
qayta tirilganini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprеlidan may oyining 
birinchi yakshanbasigacha o‘tkaziladigan bayram. U «Ottsovskiy dеn»dan avval 
o‘tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pеysax bayrami bilan bog‘liq bo‘lib, u 
yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. 
Xristianlik yahudiylikdan to‘la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan. 
Pasxadan so‘ng pravoslav dinining o‘n ikki kunlik o‘n ikki muhim bayrami 
boshlanadi. Ular: Iso tug‘ilishi, Srеtеniе, Isoni cho‘qintirish, Prеobrajеniе, quddusga 
kirish, Isoning osmonga ko‘tarilishi, Troitsa Muqaddas butning osmonga ko‘tarilishi, 
Blagovеshaniе (Injilning nozil bo‘lishi), Rojdеstvo Bogoroditso‘ (Isoning xochga 
osilishi) va hakozo. 


65 
Muqaddas kitob bo‘lmish Injil va muqaddas o‘gitlar IV-VIII asrlardagi yеtti butxona 
Soborlarining qarorlari, Shuningdеk Afanasiy Alеksandriyskiy, Vasiliy Vеlikiy, 
Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik chеrkov xodimlarining 
asarlari ushbu oqim ta'limotining asosi dеb tan olingan. 
Pravoslaviyening Markaziy Osiyo aholisi orasiga kirib kelishi XVI-XIX asrlarga 
to‘g‘ri keladi. Аvval savdo-sotiq, keyin bu mintaqa xalqlarini mustamlakaga 
aylantirishdan iborat bo‘lgan harbiy harakatlar jarayonida u kirib kelgan. 1870 yili 
Pokrovsk monastiri koshida missionerlik jamiyati tashkil qilingan. Jamiyat a'zolari 
mahalliy millatlarga mansub aholi orasida, garchi jiddiy natijalarga ega bo‘lmagan 
bo‘lsa ham, xristianlik bilan bog‘liq katta targ‘ibot ishlarini olib borganlar. Shu 
maksadda 1844 yili "Karomat ko‘rsatuvchi Nikolayning hayot yo‘li" nomli risolani 
qirg‘iz tiliga tarjima qildilar va chop etdilar. 1872 yili Rus pravoslav cherkoviga 
karashli Turkiston (keyinchalik Toshkent, O‘rta Osiyo) yeparxial boshqarmalari maxsus 
diniy maktablar ochildi. 
Pravoslav cherkovi hozirgi kunda jamiyatimizning yuksalishi bilan bog‘liq 
tadbirlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, ayniqsa dindorlarni axloqiy va vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash borasidagi o‘zining rejalarini ishlab chiqmoqda. Bunda inson shaxsining 
qadr-qimmatini ulug‘laydigan, oila asosini mustahkamlaydigan va mehnatga, butun 
jamiyatga nisbatan sofdil va vijdonlilik ruhida bo‘lgan munosabatlarni qaror toptirish 
nazarda tutilgan. Cherkovning ichki tartibini qayta qurishni amalga oshirishga, cherkov 
hayotini yangilashga, ruhoniylar orasida uchraydigan ba'zi bir musulmonlarni bartaraf 
etishga juda katta e'tibor berilmoqda. 1988 yilda bo‘lib o‘tgan rus pravoslav 
cherkovining ming yillik sanasini tantanavor, ulug‘vor nishonlanishi, rus pravoslav 
cherkovining xalqaro obro‘sini ko‘tarilib borishiga ta'sir etdi. Muhim sanani nishonlash 
bilan bog‘liq bo‘lgan tantanalar, bayramlar va boshqa turli-tuman tadbirlar ruhoniylar 
uchun o‘zlarining faqatgina ilohiyotchilik, cherkovning ichki hayoti va tartibi bilan 
bog‘lanib qolmadi; balki jahonda, xususan Osiyo mintaqalarida tinchlik uchun kurash, 
irqiy kamsitishlarga barham berish, tabiatni muhofaza kilish, sog‘liqni saqlash, 
demokratik jarayonlarni rivojlantirish, jamiyatda adolatli hayotni qaror toptirish bilan 
bog‘liq ko‘pgina masalalarni muhokama qilmoqdalar. Ulug‘ bayram kunlari diniy 
e'tiqod va marosimchilik masalalarini hal qilishga ham harakat qilmoqdalar. 
Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxial boshqarmasi (unga 22 diniy jamoa 
bo‘ysunadi) ham mustaqil jumxuriyatlarda vijdon erkinligi talablariga rioya kiladigan 
tadbirlar o‘tkazmokda, xalqlar o‘rtasida osoyishtalik qaror toptirish uchun harakat 
kilmokda. 
Pravoslav cherkovi ko‘p millatli mintaqada millatlararo va har xil yo‘nalishdagi 
dinlar orasidagi munosabatlarga dindorlarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga va jamiyatni 
ma'naviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun ko‘maklashishlarga aloxida e'tibor 
bermoqda. Shuningdek u ilohiyotchilikka oid bo‘lgan qarashlar sistemasining ayrim 
elementlarida pravoslaviedagi boshqa, shuni islom bilan bir-biriga tutash bo‘lgan 
umumiy aloqalarni izlamoqdalar va fan namoyandalari va jamoatchilik vakillari bilan 
aloqalarni 
rivojlantirmoqdalar. 
Ular 
pravoslavlar 
bilan 
musulmonlar 
diniy 
boshqarmalari o‘rtasidagi muloqotlarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina yirik 
tantanali anjumanlar chaqirilishining tashabbuskori bo‘lmoqdalar. 


66 
Bundan tashqari rus pravoslaviye cherkovi xayriya shaklidagi faoliyatlarga
chunonchi, halok bo‘lgan jangchilarga yodgorliklar o‘rnatish, urushda jabr ko‘rgan 
baynalminalchi jangchilar sog‘liklarini tiklash, tinchlik va bolalar uchun mo‘ljallangan 
jamg‘armalarii ko‘paytirish va shu kabilarga katta e'tibor bermoqdalar. 
Pravoslaviening ijtimoiy, siyosiy qarashlarini va dindorlarning diniy onglari bilan 
bog‘liq hamma o‘zgarishlar ularning dunyoqarash mavqelarini majburan 
o‘zgartirishlariga olib bormaydi. Zero, rusga xristianlik kirib kelishining ming yilligini 
tantanali tarzda bayram qilinishining o‘zi jamoatchilikning keng doiralari orasida 
muayyan taassurot qoldirdi. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish