Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali


partiyadan o‘chirilib, ishdan olindi



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522


partiyadan o‘chirilib, ishdan olindi. 
Xalq o‘rtasida dahriylikni targ‘ib qilish va dinga qarshi murosasiz kurash niqobi 
ostida o‘rta asr me'morchiligining takrorlanmas namunasi bo‘lgan, milliy naqshlar bilan 
jilovlanib turgan minglab masjidlar, yuzlab madrasalar, xalqimizning milliy g‘ururi 
hisoblangan muhtasham qasrlar, tarixiy obidalar, xonlar, amirlarning saroylari 
vahshiylik va yovuzlik bilan buzib tashlanib, omborxonalarga, paxta quritadigan 
joylarga aylantirildi. Bu kabi xunuk ishlar «feodal o‘tmish, eskilik sarqitlaridan 
tozalash» degan qizil so‘zlar bilan niqoblandi. 
Sobiq tuzum davrida namoz o‘qish, diniy marosimlarni o‘tash taqiqlangan edi. 
Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf urilgan edi. Odamlarning uylaridagi 
Qur'on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, xatto arab yozuvidagi boshqa kitoblar terib olinib, 
yoqib yuborilgan edi. Mana buni «johiliya», nodonlik desa bo‘ladi. Qanchadan-qancha 
odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qumsab, ammo ko‘rolmay, armon bilan o‘tib 
ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan ne'matlarga har qancha shukronalik aytsak 
arziydi. Mustaqillik tufayli diniy qadriyatlarga bo‘lgan bunday salbiy munosabatlarga 
barham berildi. 
Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e'tiqodimiz o‘zimizga 
qaytdi. Аvvalo, masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib 
tashlandi. qarovsiz qolgan masjidlar ta'mirlandi, yangilari barpo etildi. Аziz-avliyolar 
yotgan, o‘tmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun 
qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va qurbon xayitlari dam olish kuni deb 
eьlon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun 
imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu o‘tmishda faqat xayoliy orzu va armon edi. 
Ulug‘ allomalar - Iso Termiziy, xaqim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Аhmad 
Yassaviy, Zamahshariy, Аbduxolik G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Аbu Mansur 
Matrudiy, al-Mapg‘olniy va boshqa ulug‘ zotlarning yubileylari bo‘lib o‘tdi, 1998 yilda 
esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Qur'oni Karim, Hadislar va boshqa 
diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O‘tmishda birorta ham diniy ulamoning 
yubileyi o‘tkazilmas edi, dinny kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida 
aytganimizdek borlari ham yo‘q, qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti 
tashkil etildi.
Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga 
teng amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, Qur'oni karimning bir necha tarjima va tafsirlari, 
buyuk mutafakkirlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziyning hadisshunoslikka oid 
asarlari chop etildi. Mahmud Zamaxshariy, Bahovuddin Naqshband, Yusuf Hamadoniy, 
Najmiddin Kubro, Mahdumi А'zam Kosoniy, Xoja Аhror Valiy kabi allomalarning 


116 
yubileylari o‘tkazildi, merosi aks etgan asarlari nashr qilindi. Diniy-irfoniy ta'lim 
muassasalari: Islom o‘rta maxsus bilim yurtlari, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi 
xalqaro ilmiy markaz, O‘zbekiston Islom akademiyasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-
tadqiqot markazi, Islom tsivilizatsiyasi markazi, Buxoroda Mir Аrab oliy madrasasi 
huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi, Qashqadaryoda “Аbu Mu'in 
an-Nasafiy” nomidagi aqida ilmiy maktabi tashkil etildi. Mazkur say'-harakatlar 
O‘zbekistonda jahon hamjamiyati e'tirof etayotgan diniy-gumanistik meros bilan 
bog‘liqdir. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, 
muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi” mavzusidagi anjumandagi nutqida 
diniy omillardan barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga oid fundamental fikrlar 
bildirilgan.
Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin ma'naviyatni rivojlantirish va milliy 
merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko‘tarilishiga 
olib keldi. Shu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 23 aprelda «Ma'naviyat va 
ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»; 1996 yil 9 sentyabrda 
«Ma'naviyat va ma'rifat» markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va 
samaradorligini oshirish to‘g‘risida»; 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika ma'naviyat va 
ma'rifat kengashini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risidagi» farmonlarini chiqardi. 1996 yil 9 
sentyabrdagi farmonda, «...ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, 
ustuvor yo‘nalishi, deb hisoblansin», deb belgilandi. 
1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq 
birinchi sessiyasida ham jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish, islohotlarni amalga 
oshirishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu 
sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan muammolar va ularni kechiktirmay hal 
etish zarurligiga xalqimiz e'tibori qaratildi. 
Аna shu muhim xujjatlar mamlakatimizda ma'naviyatni rivojlantirishga qaratilgan 
davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma'naviyatni 
rivojlantirishdagi davlat siyosati I.Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga 
javoblarida «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» va 
«Tafakkur» jurnali bosh muharriri bilan bo‘lgan muloqotida «Kuch - bilim va 
tafakkurda», degan kontseptual ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlariga monand ravishda 
amalga oshirilmoqda. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish