Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili yo‘nalishi 205-guruh talabasi Jumabayeva Sevaraning taqdimoti
Mavzu: "So‘z latofati"kitobida Erkin Vohidovning adabiy estetik qarashlari
Atoqli shoir Erkin Vohidovning “So‘z latofati” nomli kitobiga ustoz ijodkorning milliy adabiyot va ona tilimiz xususida kuyinchaklik bilan yozgan maqolalari kiritilgan.
Hazrati Alisher Navoiy “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni debochasida Yaratgan zotga shukru maqtov keltirib, so‘ng: “…insonni soyir maxluqotdin nutq sharafi bila mumtoz qildi”, deydilar. Yana “Favoyid ul-kibar” devonida insonning barcha hayvondan nutq sababli ustun qilinganini she’riy bayon etadilar: “Chu bo‘ldi nutq ila mumtoz barcha hayvondin”…
Ustoz Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobini varaqlab, insonga buyuk sharaf qilib berilgan nutq ne’mati, so‘z gavhari haqida fikrga toldim.
Yana “Odamiylik qissasi”da nutq madaniyati borasida kuyunib so‘zlagan rahmatli Mirzakalon Ismoiliyni, “So‘z haqida so‘z” kitobini bitgan rahmatli Alibek Rustamiyni esladim… Ustozning kitobi shu asarlarga o‘xshaganmikan, degan edim. Chunki u kishining ko‘plab so‘zlarning ko‘ki — ildizi, xususan, “Devoni lug‘otit-turk”dagi ba’zi qudsiy hadislar haqida izlanishlar olib borayotganidan xabardor edim.
Mardumlig‘ni mardum”ga, ya’ni insonlikni ko‘z qorachig‘iga mengzagan Alisher Navoiy, “axtari baxtini axtargan”, ya’ni baxt yulduzini qidirgan Bobur Mirzo, “baxti qora yozilgan”, ya’ni tolei qora rang-la qorga yozilgan “oshiqi sodiq” Fuzuliy, nihoyat, “ona tilini qo‘yib, xotin tilida gaplashgan” Abdulla Qahhor… haqidagi sharh va suhbatlardan “So‘z latofati” faqat ilm lug‘ati emas, balki odob va hilm lug‘ati ekanini anglaymiz
Ijodkorning, ayniqsa, umrini so‘z san’atiga fido qilgan shaxsning so‘z haqidagi so‘zlari o‘lik tanaga ruh kirgandek jonli bo‘lar ekan. Bunday kitoblarni qomus tarzida davom ettirish, so‘zlarning mabdaiga, kelib chiqishiga, ko‘ki, ya’ni ildiziga ko‘proq e’tibor qaratish, ilmiy asosni kuchaytirish dolzarb vazifalardandir.
Inson so‘z bilan mumtoz va sharaflidir. So‘z haqidagi barcha kitoblardan men ojiz bandaning chiqaradigan xulosam shuki, yer hayvonining so‘ziga kunimiz qolmasdan burun haq yo‘ldagi insonlarning so‘ziga quloq solmog‘i bo‘lmog‘i lozim.
Bir tomchi shabnamdek mo»jaz va tiniq elchi degan sof o’zbekcha turkiy so’zda qancha xikmat bor!
Bizning shunday ulug’ she’riyatimiz bor, boylikda beqiyos ona tilimiz bor. Til millatning bosh belgisi hisoblanadi. Til bor — millat bor. Til yo’q — millat yo’q.
Erkin Vohidov
«SO’Z LATOFATI» KITOBIDAN QATRALAR
Xoliqi olam odamzodga idrok va So’z aytish ne’matini berib, uni barcha xilqatlaridan ustun yaratdi, jonli va jonsiz olamga hokim qildi. Olamni idrok qilgan inson So’zni idrok qiladi. So’zni idrok qilib olamni yanada teranroq idrok qiladi. So’zning ildiziga yetgan kishi dunyoning tagiga yetgandek bahra topadi. Insoniyat tarixi so’zlar qismatida yashirinib yotar ekan. - Xoliqi olam odamzodga idrok va So’z aytish ne’matini berib, uni barcha xilqatlaridan ustun yaratdi, jonli va jonsiz olamga hokim qildi. Olamni idrok qilgan inson So’zni idrok qiladi. So’zni idrok qilib olamni yanada teranroq idrok qiladi. So’zning ildiziga yetgan kishi dunyoning tagiga yetgandek bahra topadi. Insoniyat tarixi so’zlar qismatida yashirinib yotar ekan.
- Ona tilimni muazzam va ulug’ desam, e’zozlab boshga ko’tarsam, buning boisi o’zimniki bo’lgani, jonimga yaqinligi uchun emas. Shunga ishonganim, iymon keltirganim uchun, mening ham bir-ikki tildan xabarim bo’lib, qiyoslash imkoniyatlarim borligi uchundir.
So’zning o’zida shaxs zimmasidagi zalvorli yuk bor. Elchi adolat va ezgulik yo’lida haq so’zni aytishga burchli inson.
Ona tilimni muazzam va ulug’ desam, e’zozlab boshga ko’tarsam, buning boisi o’zimniki bo’lgani, jonimga yaqinligi uchun emas. Shunga ishonganim, iymon keltirganim uchun, mening ham bir-ikki tildan xabarim bo’lib, qiyoslash imkoniyatlarim borligi uchundir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Erkin Vohidov "So‘z latofati"
2. Alisher Navoiy "G‘aroyib us- sig‘ar"
3.fayllar.org internet sayti
4.arxiv.uz internet sayti
E‘tiboringiz
uchun
rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |