Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya


Is gazining inson organizmiga ta’siri



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari

Is gazining inson organizmiga ta’siri. Is gazi o‘pkaga tushgach 

tezda qonga o‘tib gemoglobin bilan birikadi va karboksigemoglobin 

(NbCO)  deb  ataluvchi  barqaror  birikma  hosil  qiladi.  Bunda  CO 

gemoglobinga  birikkan  kislorod  o‘rnini  egallab  oladi.  Natijada 

kislorodning  gemoglobin  yordamida  to‘qimalarga  hamda  to‘-

qimalardan  karbonat  angidridning  o‘pkaga  yetkazilish  jarayoni 

buziladi.  To‘qimalarda  kislorod  yetishmovchilik  holati  yuzaga 

keladi. Kislorod yetishmovchiligi esa og‘ir holatlarga, hatto o‘limga 

olib kelishi ham mumkin.

Qon  tarkibidagi  is  gazining  ozgina  miqdori  ham  inson 

organizmiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi,  chunki  gemoglobin  bilan 



67

birikkan  CO,  ya’ni  karboksigemoglobin  kislorod  bilan  gemoglobin 

birikmasi  –  oksigemoglobinga  nisbatan  3600  marta  barqaror 

hisoblanadi.

Is gazi bilan zaharlanganda uning zaharli ta’sirini kuchaytiruvchi 

bir qancha omillar mavjud. Bunday omillarga havoning yuqori yoki 

past  harorati,  havodagi  kislorod  miqdorining  tushib  ketishi,  og‘ir 

jismoniy  mehnat,  shovqin,  vibratsiyalar  kiradi.  Spirtli  ichimlik 

iste’mol  qiluvchilar,  chekuvchilar,  bronxit,  astma  va  boshqa  o‘pka 

kasalliklari,  yurak-tomir  kasalliklari,  diabet,  kamqonlik,  jigar 

kasalliklari, qon aylanish tizimida kasallik mavjud bo‘lgan odamlar 

is gaziga chidamsiz hisoblanishadi.

So‘nggi  yillarda  chekmaydigan  insonlar  qonida  ham  kar-

boksigemoglobin miqdorining ortib borishi kuzatilmoqda, chunonchi, 

shaharda  yashovchilarda  uning  ko‘rsatkichi  yozda  4%,  qishda  8% 

ni tashkil qilmoqda. Buning ustiga u yana chekuvchi bo‘lsa qonda 

karboksigemoglobin miqdori yana ham ortadi, oqibatda organizmga 

kislorod  yetib  borishi  keskin  qiyinlashadi.  Asta-sekin  organizmda 

kasallik belgilari paydo bo‘la boshlaydi.

Aholining  har  bir  tabaqalari  uchun  is  gazining  yo‘l  qo‘yilishi 

mumkin  bo‘lgan  me’yori  belgilab  qo‘yilgan.  Bu  me’yorga  ko‘ra 

aholi  punktlarida  havo  tarkibidagi  is  gazining  miqdori  sutka 

davomida  3,0  mg/m

3

dan  oshmasligi  kerak.  Agarda  havo  tarkibida 



is gazi miqdori 50 mg/m

3

 bo‘lsa, bunday joyda faqat 20–30 daqiqa 



davomida,  ish  joyida  is  gazining  miqdori  20  mg/m

3

  (0,002%) 



bo‘lganda bir ish kuni davomida bo‘lish mumkin.  

Is  gazining  konsentratsiyasi  11500  mg/m

3

  bo‘lganda  3  daqiqa, 



3500–4000  mg/m

3

  bo‘lganda  30  daqiqa  davomida,  2300  mg/m



3

 

bo‘lganida 60 daqiqa davomida bo‘lish o‘limga olib keladi.




Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish