Chidamsiz zaharlovchi moddalar ham suyuq holda bo‘lib,
qaynash harorati juda past bo‘ladi. Zararli xossasini ochiq joylarda
bir necha daqiqagacha saqlaydi. Shuning uchun, asosan, havoni
zararlash maqsadida qo‘llaniladi. Bu moddalar qo‘llanilganda tez
bug‘lanib, zaharli modda aralashgan bulut hosil bo‘ladi, bunday
bulutlar shamolda ko‘chib, ba’zan 10–15 km gacha yetib boradi.
Harakatlanish yo‘llarida binolar ichiga kiradi, ko‘chalar, hovlilar,
yerto‘lalar, jarlik va shamol kam tegadigan boshqa joylarda turib
qoladi. Bu guruhdagi moddalarga fosgen, difosgen, sianid kislota,
xlorsian kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |