17
sifatida ishlatish imkonini beradigan bir qator fizik va kimyoviy
xossalarga ham ega.
Qaynash va erish harorati zaharlovchi moddaning ta’rifida
asosiy o‘rin egallaydi. Qaynash harorati moddaning uchuvchanligini
belgilab beradi. Ko‘pchilik zaharlovchi moddalar suyuq holatda
bo‘lib, bu holat suyuqlikning qaynash haroratiga qarab shartli
ravishda past va yuqori haroratda qaynaydigan moddalarga bo‘linishi
mumkin. Past haroratda qaynaydigan zaharlovchi moddalar tez
bug‘lanadi va havoda yuqori konsentratsiyani hosil qiladi, biroq
ular ishlatilgan joyida uzoq muddat saqlanib qola olmaydi. Yuqori
haroratda qaynaydiganlari sekin bug‘lanadi, biroq ishlatilgan joyida
uzoq muddatgacha saqlanib qoladi. Bunday moddalarning zararlash
xususiyati kuchli bo‘ladi.
Zaharlovchi moddaning uchuvchanligi. Uchuvchanlik deganda,
ma’lum harorat va havo bosimida zaharlovchi moddaning havoda
to‘yingan maksimal miqdori tushuniladi. Zaharlovchi modda bug‘lari
bilan havoni to‘yintirishga maxsus sharoitlardagina erishish mumkin,
shuning uchun jang maydonida zaharlovchi modda qo‘llanilganda
ularning havodagi konsentratsiyasi uchuvchanligiga qaraganda
ancha past bo‘ladi. Odatda, uchuvchanlik 1 litr havoda milligram
hisobida o‘lchanadi. Zaharlovchi moddalarning uchuvchanligi
uning qaynash harorati va bug‘larining qayishqoqligiga bog‘liq,
shuning uchun qaynash harorati past bo‘lgan moddalar (fosgen,
sianid kislota) tez bug‘lanib ketadi, yuqori haroratda qaynaydigan
moddalar sekin bug‘lanadi.
Zaharlovchi modda bug‘larining zichligi bir litr bug‘ yoki gazning
bir litr havoga nisbati bilan belgilanadi. Masalan, fosgen bug‘ining
zichligi 3,5 ga teng. Demak, uning bug‘i havodan 3,5 barobar
og‘ir. Bug‘lari past zichlikka ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar va
gazlar atmosferada tezda tarqalib ketadi, bu esa yer yuzasida uzoq
muddat jangovar konsentratsiyasini saqlab turishga to‘sqinlik qiladi.
Shuning uchun sianid kislota (kuchli zaharlovchi ta’sirga ega) jang
maydonlarida keng qo‘llanilmagan. Yuqori zichlikka ega bo‘lgan
18
zaharlovchi moddalarning bug‘i uzoq vaqt shamol tegmaydigan
joylarda, chuqurliklarda, jarliklarda, xandaqlarda, okoplarda va
boshqa yerlarda saqlanib qoladi va odamlarning zararlanishiga olib
keladi.
Suyuq zaharlovchi moddalarning solishtirma og‘irligi suv
havzalarining zararlanish darajasini baholashda katta ahamiyatga
ega. Yuqori nisbiy og‘irlikka ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar
uzoq vaqt ichida suv havzalarining eng pastki qatlamlarida saqlanib
turadi.
Gidrolitik turg‘unligi zaharlovchi moddaning nam joylarda
va yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtlarda uzoq vaqt saqlanib qo-
lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, zaharlovchi moddaning
gidrolizlanmasligi yoki gidroliz reaksiyalariga turg‘unligi zararlangan
joy, inshootlar, harbiy texnika va mulklarni degazatsiya qilishni
qiyinlashtiradi. Zarin, zoman kabi yuqori toksik moddalar yuqori
gidrolitik turg‘unlik xossasiga ega. Zararlangan joylarni va mulklarni
degazatsiya qilish nuqtayi nazaridan zaharlovchi moddaning
kislota va ishqorlarga turg‘unligini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Masalan, zarin va zoman ishqorlar bilan yaxshi degazatsiya qilinadi
(novshadil spirti, o‘yuvchi natriy). Fosfororganik zaharlovchi
moddalar guruhiga kiruvchi V-gazlari esa ishqorlar ta’siriga ancha
turg‘un, shuning uchun bu moddalarni degazatsiya qilishda faol
xlor saqlovchi moddalar (kalsiy gipoxlorit, xloramin, dixloramin va
boshq.) qo‘llaniladi. Odatda, zaharlovchi moddalarning ko‘pchiligi
ishqorlar ta’siriga turg‘un bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: