Nazorat savollari
1. Zaharli moddalar taktik jihatdan qanday tavsiflanadi? 2. Zaharli
moddalar toksikologik va fiziologik jihatdan qanday tavsiflanadi?
3. Zaharli moddalar qanday xususiyatlarga ega? 4. Chidamli va chidamsiz
toksik moddalar qanday xossalarga ega?
19
3-§. KIMYOVIY HUJUM VOSITALARI
Harbiy maqsadlarda ishlatiladigan hujum vositalari.
Barcha kimyoviy qurollar deyarli bir xil tuzilishga ega bo‘lib,
ular zaharli modda, zahar saqlanadigan idish, portlatuvchi qurilma
va portlatuvchi zaryadlardan iborat. Zaharli moddalar kimyoviy
artilleriya snaryadlari va minalar, aviatsion kimyoviy bomba va
kassetalar, raketalarning kimyoviy jangovar kallaklari, kimyoviy
fugaslar, shashkalar, granatalar yordamida qo‘llaniladi.
Kimyoviy qurollar quyidagicha tasniflanadi:
1. Bir marta ishlatiladigan:
– unitar;
– binar;
2. Ko‘p marta qo‘llaniladigan.
Hozirgi kunda zaharli moddalarni qo‘llashda aviatsiyaning roli
katta, uning afzalligi shundaki katta miqdordagi zaharli moddalarni
ko‘zlangan joyga, shuningdek, harbiy harakatlar olib borilayotgan
joyning ort qismiga yetkazish imkoniyati mavjud. Aviatsiya
yordamida kimyoviy hujum vositalariga aviatsion bombalar
va maxsus kimyoviy moddani to‘kish vositalari (150 kg gacha
bo‘ladigan idishlar) kiradi.
Artilleriya vositalari (pushka, gaubitsa, maxsus reaktiv qurollar),
odatda, zarin va VX-gazlari bilan to‘ldiriladi. ZMni mo‘ljalga
yetkazib borish uchun artilleriyadan farq qiladigan ko‘pstvolli
reaktiv qurilmalardan ham foydalaniladi.
Jangovar zaharli moddalar raketalar yordamida qo‘llanilganda
kichik shar shaklidagi bombalar kassetalar ichiga joylanadi.
Raketalarning jangovar qismlari 1,3–3 km tepalikda ochilib kasseta
ichidagi bombalar taxminan 1 km
2
maydonga sochib yuboriladi.
Sharlar yerga tushishi bilan portlab uning ichidagi zaharli modda
jangovar holatga o‘tadi.
Jangovar zaharli moddalar aviatsiya yordamida qo‘llanilganda
«havo – yer» tipidagi reaktiv snaryad, kasseta, bombalardan,
20
shuningdek, to‘kiladigan aviatsion jihozlardan ham foydalanish
mumkin.
Kimyoviy bomba tuzilishi jihatdan fugaslardan farq qilmaydi.
Uning ichi zaharli modda bilan to‘ldirilib, kichik zaryad qo‘yiladi.
Shuning uchun kimyoviy bomba qo‘llanilganda portlash kuchi ham,
yerda hosil bo‘ladigan chuqurlik ham katta bo‘lmaydi.
Aviatsion kassetalar unchalik katta hajmda bo‘lmaydi. Ularning
afzalligi shundaki, ular havoda ochilib, zaharli bombalarni katta
hududga sochib yuboradi. Kassetalar, odatda, zarin, SS, SR va VZ
gazli bombalar bilan jihozlanadi.
To‘kuvchi aviatsion jihozlar aerozol yoki tomchi holatdagi
zaharli modda yordamida dushmanning tirik kuchini ishdan
chiqarishga mo‘ljallangan. Ular yordamida katta hududda aerozol,
tomchi va bug‘lar hosil qilinib, dushman kuchlaridan tashqari hudud
va obyektlarni ham zararlash mumkin.
Zaharli moddalar artilleriya yordamida artilleriya snaryadlari,
minomyot, reaktiv qurilmalar tarzida ham qo‘llanilishi mumkin.
Artilleriya yordamida zarin, VX, iprit va boshqalar qo‘llaniladi.
Artilleriya snaryadlari korpus, portlatuvchi va portlovchi
zaryadlardan iborat. Ichi zaharli modda bilan to‘ldirilgan bunday
snaryadlar oddiylaridan faqat belgilanishi bilan farq qiladi.
Kimyoviy snaryadlarning binar deb nomlanuvchi turi ham
mavjud. Ularning afzalligi shundaki bunday snaryadlarda ikki turdagi
moddadan foydalaniladi. Bu moddalarning birida zaharli modda
bo‘lmaydi. Ikkinchisida past darajada zaharlilik mavjud bo‘ladi. Ikki
turdagi bunday moddaning aralashishi hamda kimyoviy reaksiyani
tezlashtiruvchi vositalar yordamida jangovar zaharli modda hosil
bo‘ladi. Bu jarayon snaryad tushgan joyda sodir bo‘ladi.
Bundan tashqari, fugaslardan hamda aerozol generatorlaridan
ham foydalaniladi. Kimyoviy fugaslardan yerga ko‘milgan,
maskirovka qilingan holda, asosan, chekinish paytida o‘z ortida
qolayotgan muhandislik inshootlari, yo‘llarni zaharlash maqsadida
foydalaniladi. Buning uchun fugaslar yerga ko‘mib qo‘yiladi.
21
Dushman harakatlanishi jarayonida ushbu fugaslarni bosib olishi
natijasida ular harakatga keladi. Aerozol generatorlaridan katta
hajmdagi havoni zaharlash maqsadida foydalaniladi.
Generatorlar mexanik va termik bo‘lishi mumkin.
Mexanik generatorlar siqilgan havo manbayi (ballon, mexanik
qurilma), zaharli modda saqlanadigan hajm va changlatuvchi
qurilmadan iborat bo‘ladi. Ular biror muhandislik qurilmasi tarkibida
yoki ko‘chma bo‘lishi mumkin. Ko‘chma generatorlar avtomobil,
vertolyot, samolyot va boshqa texnik vositalarga o‘rnatilishi
mumkin.
Mexanik generatorlar zaharli moddani shunchaki haydab bersa,
termik generatorlar zaharli moddani sovitib haydash yo‘li bilan
kondensat hosil qilish prinsipi asosida ishlaydi.
Harbiy maqsadlarda, shuningdek, tutun chiqaruvchi granatalar
va shashkalar qatorida ichiga zaharli moddalar joylashtirilgan
harbiy granatalar va shashkalardan ham foydalanilib, ularga
tutun chiqaruvchi moddalardan tashqari ko‘zdan yosh oqizuvchi,
ta’sirlovchi va boshqa zaharli moddalar ham qo‘shilishi mumkin.
Tutun chiqaruvchi shashkalarning artilleriya yordamida
qo‘llaniladigan turlari ham mavjud.
Harbiy maqsadlarda kimyoviy moddalar har xil ob-havo
sharoitlarida qo‘llanilishi mumkin. Ob-havo sharoiti esa kimyoviy
moddalarning samaradorligiga yaxshigina ta’sir ko‘rsatadi.
Jumladan, havo sovuq bo‘lganida zaharli moddaning bug‘lanishi
sekinlashadi. Shamol kuchli bo‘lganida zaharli modda tarqalib
ketib, konsentratsiyasi kamayadi. Bundan shunday xulosa chiqadiki,
atmosferadagi barqarorlik zaharli moddaning inson organizmiga
ta’sirida muhim o‘rin tutadi.
Atmosferaning barqarorligi 3 turda bo‘ladi: inversiya, izotermiya,
konveksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |