Men suvingdan kuch olsam,
Tentak yeldan о ‘ch olsam,
Uzoq yillar xo ‘rlangan,
Qaqrab toshga aylangan
Ko'ksim bo'lardi obod,
Boshlanardi gul hayot...
Talabimga yetkur tog‘,
Ber suvingdan, jon o'rtoq!
Yuksak tog' ham chorasizlikdan o'z dardini — suvni keng o'tloqqa
eltib berolmasligini o'kinch va alam bilan so'zlaydi.
Shoir endi bolalar fikrini boshqa narsaga — dunyoda aql -ongga,
qudratga ega bo'lgan inson va uning ta’rifiga buradi. Zafar Diyor insonning
kuch-qudratini sodda, mazmunli, shirali, bolalar qalbiga tez yetadigan
iboralarda ifodalagan:
Bu mardlik va mahorat,
Bu kuch-quwat, jasorat
Insonlarga yo'ldoshdir,
Ularga xos qo ‘Idoshdir.
Butun borliq — tabiat
(Bu so ‘zlarim' haqiqat)
Bo ‘ysunajak insonga
Gul tutajak ul jonga.
Shoir insonning aql-zakovati, kuch-qudrati haqida fikrlar ekan
mubolag'aga zo'r beradi, insonni hatto, tabiatni ham o'ziga bo'ysundiruvchi
kuch sifatida ta’rif etadi. Albatta, bu fikrlar turg'unlik davrining oqibatidir.
Negaki, «Sirdaryoning jilovlanishi» bugungi kunda xalqimizga qimmatga
tushmoqda. Bir so'z bilan aytganda, tabiat insonlaming boshboshdoqlik
xatti-harakatlari uchun shafqatsiz o'ch olmoqda. Bundan bu asar mutlaqo
keraksiz yoki zararli asar ekan, degan xulosaga kelmaslik zarur. Asar
kitobxonlarni mehnatsevarlikka, yaratuvchilikka, tabiat bilan inson
munosabatida muhabbat tuyg'ulari bo'lishi lozimligiga undaydi. Bu fikrini
ifoda etishda shoir yangi usul — tog' va o'tloqlami jonlantirishdan foydalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |