N iz o m iy n o m id a g I to sh k en t davlat ped a g o g ik a universiteti mamasoli jumaboyev


MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/247
Sana14.04.2022
Hajmi9,92 Mb.
#552752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247
Bog'liq
jumaboyev mamasoli bolalar adabiyoti va falklori

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR
KITOBXONLIGI
Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va taibiyachilar tomonidan 
amalga oshiriladi. Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalar dunyo siriaridan butunlay bexabar bo'ladilar. Shunga qaramay, 
kichkintoylar o'zlarini qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o'rganishga 
intiladilar. Bunda ota-onalar, bog'chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan 
yordam berishlari, ya’ni ularga badiiy asadardan parchalar o'qib berishlari lozim. 
Bu davr bolalariga o'qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni 
sodda bo'lishi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblaming rasmlari rang- 
barang, harflari esa yirik-yirik bo'lishi maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlaming katta 
ko'pchiligini alla-qo'shiq, ertak topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq 
og'zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan 
va yuqoridagi talablaiga to'la-to'kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi. Ammo shu narsani ham ta’kidlab 
o'tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, 
xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos 
tilda, ulaming yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Bolalar shoiri Anvar Obidjon o'zining «Suhbat» degan she' rida bolalar 
yaxshi ko'radigan g'ozlar to'g'risida so'z yuritadi. Ma'lumki, bolalar 
jonivorlar, xususan, qushlarga ilk yoshlaridan boshlab qiziqadilar. Shu 
jihatdan qaraydigan bo'lsak, «Suhbat» bola hayotida muhim rol o'ynaydi. 
Voqea juda oddiy va sodda. O'zaro suhbatdan ma'lum bo'ladiki, g'ozlaming 
qomi och, ulami boqish kerak. Buni shoir o'yin vositasida ifoda etadi:
— 
G'ozlar, bir so ‘z deysizmi?
G‘a, g ‘a-g‘a!
— Totli suli yeysizjni?
— Ha, ha-ha
— Nega patni silaysiz?
— G‘oq, g ‘oq-g‘oq.
— Mendan nima tilaysiz?
— Boq, boq, boq!
Bu xildagi she’rlar kichkintoylami mustaqil fikrlashga, turmush 
taassurotlarini to'plab, ulardan xulosa chiqarishga o'rgatadi.
Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalaming sevimli mashg'ulotlaridan 
biri qo'g'irchoq o'ynashdir. Yo'ldosh Sulaymonning «Qo'g'irchoq» she'rida 
qo'girchoqlami asrab-avaylash, oddiy bir o'yinchoq vositasida kattalaming 
mehnatini e'zozlash masalasi o'rtaga tashlanadi:


Quyosh bilan teng turib,
Ozoda kiyintirib,
Senga taqamiz matjon,
Qo'g'irchoq, qo'g'irchoqjon.
Qo Idan qo \ymaymiz sira,
Yuqtirmaymiz gard, shira.
Ovunchoqsan bizlarga,
Qo‘g ‘irchoqsan bizlarga.
Har qanday yozuvchi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘qib 
beriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga, tushunarli, 
aniq va ravonligiga alohida e’tibor beradi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya 
etiladigan asarlar hayot haqida muayyan tasawur berishi bilan birga zavq- 
shavq bag‘ishlaydi. Masalan, Shukur Sa’dullaning «Lola va mushuk» she’rini 
olib ko'raylik. Bu asar juda oddiy. Misralari ham sodda. Ammo u bir 
o‘qishdayoq kichkintoy mehrini o‘ziga tortadi, uni barvaqt turishga, yuvinib- 
taranishga, ozoda, pokiza bo'lishga o'igatadi. Uy hayvonlariga, jonivorlariga 
mehribon, g‘amxo‘rliklarini oshiradi:
Men Lolaman, Lolaman,
Ozoda qiz bo laman.
Erta bilan turaman,
Yuz-qo ‘limni yuvaman.
Mushugim bor qora mosh,
0
‘zi judayam yuvosh,
Mendan oldin turadi,
Yuz-qo ‘lini yuvadi.
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o'zlari tinglagan asarlari 
yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr- 
oqibatli bo'lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o'rganadilar.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish