Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o'qib, hikoya qilib beriladigan
ertaklar
Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning hajmi
qisqa,mazmuni sodda bo'ladi. Awal eslatib o'tganimizdek bu yoshdagi bolalar
hali olam nima ekanligini bilmaydilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga
tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olami, do'stlik, mehnat ahli,
jamoa, odob-axloq to'g'risida bo'lishi foydadan xoli bo'lmaydi.
Bu davr bolalariga «Chivinboy», «Qizganchiq it», «Tuyaqush bilan
qoplon», «Maqtanchoq quyon», «Rostgo'y bola», «Arilaming g'azabi»,
«Tulki bilan tuma», «Sholg'om», «Qumursqa», «Kaptar sovg'asi» kabi
ertaklami o'qib berish foydadan xoli bo'lmaydi.
Bog'cha tarbiyachilari va ota-onalar oldida turadigan ishlardan eng
muhimi kichkintoylami mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashdir. Shuning
uchun ham bolani yoshligidan boshlab bir ishga o‘rgatish, kichkina
vaqtidanoq unga bir yumush berib, ish qilishga odatlantirish lozim. Tili
chiqib, u yerga, bu yerga yura boshlagan vaqtida ham bolaga biror ish
berish lozim. Unga beriladigan bu ish ahamiyatsiz, hatto «ish» nomi berishga
loyiq bo'lmasa ham, undan keladigan foyda zo‘rdir. Chunki unday ishlar
bolani ishni sevishga o'rgatadi.
Ammo bu borada shu narsani ham ta ’kidlab o'tish kerakki, bu
malakalar birdan hosil bo'lmaydi, balki asta-sekin yuzaga keladi. Lekin
zaminni juda erta, bog'chadan boshlab qo'yish kerak. Bolada mehnat qilish
malakasi vujudga kelsa, u ota-onasi, kattalaming ko'rsatib turishini kutib
o'tirmay, o'zi eplab ketaveradi.
Bu yerda yana bir muhim narsani ta’kidlab o'tish kerak. Ishga o'rganish
va o'rgatishda diqqat qilinadigan yana bir narsa har ishni o'z vaqtida bajarishdir.
Ishga odatlanish qancha muhim bo'lsa, ishni o'z vaqtida bajarish undan
ham muhimroqdir. Har ishni o'z vaqtida bajarmay, keyinga qoldirish ko'p
ishlaming yig'ilib qolishiga, ko'pining yuzaki, sifatsiz ishlanishiga yoki
butunlay qolib ketishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun har ishni o'z vaqtida
g'ayrat va matonat bilan bajarish lozim. Chunki dunyodagi barcha tirik
narsalar harakat qiladi, intiladi va shu tufayli hayot uchun zarur bo'lgan
narsalarga erishadi. Hatto, eng zaif hisoblangan arilar, chumolilar va qushlar
ham intilishda bo'lib, yozdan tashqari, qish g'amini ham yeydilar.
Gapning lo'ndasi har bir tirik jon yashash uchun harakatda va
intilishdadir. O'rgimchakka nazar soling, u tirikchilik dardida doimo to'qish
bilan ovora, agar to'rining biror yeri buzilsa, darhol ta’mir etish va
tuzatishga kirishadi.
Barcha insonning birinchi vazifasi — kishining yurish turishi va yashashi
uchun zarur bo'lgan halol rizq topib, yeyish-ichishga yetarli narsa hosil
qilish. Bunga esa tirishqoqlik, intilish orqali erishiladi.
Bu borada xuddi inson kabi tinib-tinchimas mehnatkash qumursqalar
va ular haqida xalq to'qigan «Qumursqa» ertagini shu yoshdagi bolalarga
o'qib, hikoya qilib, aytib berish yaxshi samara beradi.
Kichkina bolalar u yoqda tursin, hatto, kattalar ham uncha
mensimaydigan qumursqaning ishchanligini, kechasi-yu-kunduzi tinmay
mehnat qilishini uni kuzatgan odam sezadi, xolos.
Hayotda shunday: kim ko'p ishlasa, tinim bilmay mehnat qilsa sog'ligi
yaxshi bo'ladi, boy-badavlat yashaydi, hech kimga hech qachon xor-zor
bo'lmay umr kechiradi. Qumursqa maqtanchoq emas, u oddiy va sodda.
Shu oddiyligi, soddaligi, mehnatkashligi bilan ajralib turadi.
Savol-javoblarda muz, bulut, quyosh, yomg'ir, yer, o't, mol, bo'ri,
merganu sichqon kabilardan ham qumursqa ustun chiqadi. Qumursqaning
o'ziga berilgan ta ’riflarda ham bu ma’no ko'zga yaqqol tashlanib turadi:
—
Do'stlaringiz bilan baham: |