N iz o m iy n o m id a g I to sh k en t davlat ped a g o g ik a universiteti mamasoli jumaboyev



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/247
Sana14.04.2022
Hajmi9,92 Mb.
#552752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247
Bog'liq
jumaboyev mamasoli bolalar adabiyoti va falklori



0 ‘Z B E K IS T 0 N RESPU BLIKASI O L IY VA 0 ‘RTA 
M AXSUS TA’L IM V A Z IR L IG I
N IZ O M IY N O M ID A G I TO SH K EN T DAVLAT
PED A G O G IK A UNIVERSITETI
MAMASOLI JUMABOYEV
BOLALAR ADABIYOTI
VA FOLKLOR
Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlari
boshlang'ich ta’lim, tarbiyaviy ish va sport fakultetlarining talabalari
uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti
Toshkent — 2006


Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti va folklor. Darslik. 0 ‘ zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. 216 b.
Har tomonlama barkamol yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning 
bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biridir. Bu borada badiiy adabiyot, ayniqsa, 
bolalar adabiyoti katta rol o'ynaydi. M. Jumaboyevning mazkur darsligi «Kirish», 
«Xalq og'zaki ijodi va bolalar kitobxonligi», «0‘zbek bolalar adabiyoti», «Chet el 
bolalar adabiyoti» deb nomlanuvchi bo‘limlardan iborat.
Darslikda o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan yozuvchilari 
saralab olingan. Qalamkashlar va ulaming ijodlari haqidagi materiallar ham juda 
ixcham va tushunarli berilgan.
Darslik boshlang'ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar fakultetlarining talabalariga 
mo‘ljallab yozilgan. Lekin undan o‘zbek tili va adabiyoti, maktabgacha ta’lim, 
defektologiya fakultetlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin.
Mas’ul muharrir: 
Safo Ochil,
pedagogika fanlari doktori, 
professor, bolalar shoiri.
Taqrizchilar: 
Turdunboy Adashboyev,
Bolalar shoiri;
Bahodir Sarimsoqov,
filologiya fanlari doktori, professor;
Idulla Boltaboyev,
ildeiya fanlari doktori, professor.
© 0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006.


Bolalar adabiyoti so‘z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun 
yoziladigan har qanday badiiy asar ulaming yosh xususiyatlariga, saviyalariga 
mos, kitobxonlar qalbida o‘y-fikr!ar uyg'otadigan, yorqin obrazlarga boy
yuksak g'oyalaiga, ulkan va porloq ishlaiga ilhomlantiradigan bo'lishi zarur. 
Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.
Bolalar adabiyoti yoshlami imon-e’tiqodli kishilar sifatida va vatanga 
muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir.
Faqat chinakam badiiy asarlaigina bolalarga kuchli ta’sir ko'rsatib, 
ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar 
pedagogik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy 
asarning tili uning g'oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. 
Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining 
maqsad va fikrlari ni kitobxonlarga tez va oson yet kazadi.
Alisher Navoiy «Mahbubul qulub»da tilni «ko'ngil xazinasining qulfi», 
deb ta'riflaydi. Buyuk shoir kishilami qisqa va mazmunli, chuqur mantiq 
bilan so'zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham 
taalluqlidir.
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza 
bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til 
bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko'rsatadi, 
so'z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga 
to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat, 
zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ulami yurtimizning munosib 
farzandlari bo'lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga 
yordam beradi, xarakterini taibiyalaydi. Um-fanga muhabba^ni oshiradi. Kitob 
xalqimizning o'tmishi, ilg'or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari 
bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg'ulanni o'stiradi.
Bugungi kunda qudratli qurol bo'lgan adabiyotdan keng foydalanmay 
turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash 
mumkin emas.
Bolalar kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik-psixologik 
xususiyatlariga ko'ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 
yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 
yoshgacha).
3. O'rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13-14 yoshdan 15-17 
yoshgacha).



Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish