N iz o m iy n o m id a g I to sh k en t davlat ped a g o g ik a universiteti mamasoli jumaboyev



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/247
Sana14.04.2022
Hajmi9,92 Mb.
#552752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247
Bog'liq
jumaboyev mamasoli bolalar adabiyoti va falklori

MAQOLLAR
Xalq og'zaki ijodida maqollaming o'ziga xos o'rni bor. U xalqning, bir 
necha avlodlaming aqlu-farosati hamda turmush tajribasining yakimi, ular 
donishmandligining mahsulidir. Bola ta’lim-taibiyasida maqollaming o'mi katga. 
Maqollar ona-vatanni sevishga, uning har bir qarich yen uchun kurashga 
(«Yurt qo'risang o'zarsan, qo'rimasang to'zarsan»); kasb-hunar egasi bo'lishga 
(«Yigit kishiga yetmish hunar ham oz»); ahil bo'lib mehnat qilishga («Ko'pchilik 
qo'lda unum ko'p»); to'g'ri so'z va halol kishilar bo'lib kamol topishga («Egri 
ozadi, to'g'ri o'zadi»); yaxshi odob va olijanob xulqli bo'lishga («Odob bozorda 
sotilmas», «Yalqovlikning oxiri xo'rlik») chaqiradi. Masalan:
Ona yurting omon bo'lsa,
Rangu rowing somon bo'lmas.
Mehnatsiz w hat yo ‘q.
Egri ozadi, to ‘g ‘ri o ‘zadi.
Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir.
K o‘zing og'risa, qo ‘lingni tiy,
Jching og'risa, nafsingni tiy.


Odamning yuziga boqma, so ‘ziga boq.
Birliksiz kuch bo'lmas.
Yuzim oq bo'lsin desang, ishingni to'g'ri qil.
TOPISHMOQLAR
Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining bolalami o'ylashga, topqirlikka 
o'rgatuvchi qadimiy janrlaridan biridir. Harbirtopishmoq zamirida «kim?», 
«nima?» so‘roqlariga yashirin javob yotadi. Har bir topishmoq uni yaratgan 
xalqning hayoti, urf-odati, o'ziga xos rasm-rusmlari bilan bog'liq holda 
bo'lib, bolalar o'rtasida keng tarqalgan. Masalan:
Tunda ko 'rib, cho 'g‘ deysan,
Tongda turib, yo 'q deysan.
(Yulduz)
Keragida suvga otasan,
Qimirlashin poylab yotasan.
(Qarmoq)
Qo'shaloq tovoq,
Ichi to'la yog'.
(Yong'oq)
TEZ AYTISHLAR
Tez aytishlar og'zaki nutq mashqi bo'lib, kichik yoshdagi bolalarda 
ma’lum tovushlarni to'g'ri va ohangdor talaffuz qilish ko'nikmalarini 
orttiradi. Bu janiga mansub asarlar bolalami biyron so'zlashga o'rgatish 
bilan biiga, ularga estetik zavq beradi, fikrlash qobiliyatlarini o'stiradi, 
xotiralarini mustahkamlaydi.
Masalan:
Olti ju ft oq chinni choynakka to'rt ju ft ko'k qopqoq, to'rt ju ft ko'k
chinni choynakka olti ju ft oq qopqoq yopsa bo'ladimi?
Qurilishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak.
Tolib turupni tarozida tortib topshirdi.
Oq choynakka oq qopqoq, ko'k choynakka ko'k qopqoq.
Oltin о 'tloq — oq о 'tloq.


Xalq og‘zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri 
ertakdir. Xalq tomonidan yaratilgan ko'plab ertaklarda bolalarning o'ziga 
xos hayoti chetlab o'tilmagan. Hatto, turli yoshdagi bolalar uchun juda 
ko'p maxsus ertaklar yaratilgan.
Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, 
kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas 
bog'lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo'ldosh bo'lib kelishidadir. 
Ertaklar insonning ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch mhi bilan 
sug'orilgan bo'lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o'ziga dushman 
bo'lgan kuchlarga qarshi kurashda doimo g'olib chiqadi. Xalq ertaklarida uni 
varatuvchilaming dunyoqarashi, axloq normalari va boshqa ijtimoiy muhim 
masalalar odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bo'lgani uchun 
har qanday kitobxonga tez yetib boradi. Ular orqali ham insonning ijtimoiy 
axloq normalari shakllanadi.
Bu hoi ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertakda aks etgan. O'tmishda 
yaratilgan ertaklarda xalqchilik kurashi o'zining haqqoniy badiiy ifodasini 
topgandir. Xalqning kelajakka bo'lgan komil ishonchi, adolatning adolatsizlik 
ustidan g'alabasi, yorug'likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga 
erishish g'oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan.
Xalq ertaklarida el-yurt ni ko'z qorachig'iday avaylab saqlovchi ajoyib 
qahramonlar ulug'lanadi; ayollarning haq-huquqlari himoya qilinadi; uzoq 
masofalar yaqin qilinadi; kishilar xarakteridagi yaramas odatlar, noma’qul 
illatlar tanqid ostiga olinadi; m ardlik, epchillik, dovyuraklik, 
mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, saxiylik g'oyalari ulug'lanadi.
Xalq ertaklari o'z xususiyatlariga ko'ra bir necha tuiga bo'linadi: hayotiy 
ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli afsonaviy ertaklar, ijtimoiy- 
maishiy ertaklar.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish