11- modda. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi Oldingi tahrirga qarang. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga
ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil
etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan
foydalanadi.
(11- moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21- dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son) Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari o‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra
yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman
komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining
xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan
tuman hokimining qarori bo‘yicha beriladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i va tuman
hokimi tomonidan imzolanadi.
Tuman hokimining
fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish
to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga
shikoyat qilinishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida
turarjoyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang. Fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning o‘zida)
belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xo‘jaligiga yer uchastkasini ijaraga
berish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan
boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
(11- moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53- moddasiga (“Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish”) hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida Nizom ga qarang. Oldingi tahrirga qarang. (12- modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476- sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)