Mavzu: yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik reja Yerni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi. Yer huquq buzarligi sub’yekti va ob’yekti



Download 21,46 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi21,46 Kb.
#668408
  1   2
Bog'liq
Yer huquqi mustaqil ish


MAVZU: YER QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Reja
1. Yerni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi.
2. Yer huquq buzarligi sub’yekti va ob’yekti.
3. Fodalanilgan adabiyotlar
4. Xulosa

Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda turli ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo‘lmasin, ularning bajarilishi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun tegishli huquqiy me’yorlarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xaraktyerga ega bo‘lishi bilan ham tushuntirish mumkin. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarining ahamiyati katta bo‘lib, ular yerdan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va turli xil g‘ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilab beradi. Yerni huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida so‘z borganda «yerni huquqiy muhofaza qilish» va «yerdan foydalanish huquqini himoya qilish» degan tushunchalar farqlanishi kerak. Chunki, yerdan foydalanish huquqini himoya qilish deganda yerdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya etish, ya’ni yerdan foydalanuvchilarning yer munosabatlari bo‘yicha subyektiv huquq vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy me’yorlar yig‘indisi tushunilsa, yerni huquqiy muhofaza qilish deganda esa, yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan asossiz ravishda olinishining oldini olish, zararli antropogen ta’sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini yaxshilashga qaratilgan huquqiy me’yorlar yig‘indisi tushuniladi.


Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidan va tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, ommaviy dam olish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy- madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo‘yilishining oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi. Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning mintaqa xususiyatlarini e’tiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi.Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va yer resurslarini tejash tarzida bo‘lishi hamda tuproqning unumdorligini tiklanishini, saqlanishini, oshirilishini, o‘simlik va hayvonot dunyosiga, atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak.
Yerdan foydalanish huquqini buzishdeganda, davlatning yerga nisbatan bo‘lgan mulk huquqiga qarshi qaratilgan, yerdan foydalanuvchilarning manfaatlariga zid bo‘lgan, yerdan oqilona va samarali foydalanishni ta’min etishga xalal beradigan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki harakatsizliklar tushuniladi. Yerdan foydalanish huquqi qonun hujjatlariga qarshi turli xil hatti-harakatlar orqali buzilishi mumkin bo‘lib ularning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 90-moddasida keltirilgan. Yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun huquqbuzarni javobgarlikka tortishga asos bo‘lib yer huquqbuzarligi sodir etilishi va shu huquqbuzarlik uchun qonunchilik hujjatida javobgarlik chorasi belgilangan bo‘lishi kerak.
Yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun huquqbuzarni javobgarlikka tortishga asos bo‘lib yer huquqbuzarligi sodir etilishi va shu huquqbuzarlik uchun qonunchilik hujjatida javobgarlik chorasi belgilangan bo‘lishi kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, yer qonunchiligi hujjatlarida ularni buzganlik uchun javobgarlik choralarini ifodalamaydi. Shuning uchun yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun huquqiy choralar boshqa huquq sohalari qonunchilik hujjatlarida, masalan, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy kodekslarida ko‘rsatilgan. Biroq, bu sohalarda belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llash uchun huquqbuzar nafaqat yerdan foydalanish huquqini buzini balki bir vaqtning o‘zida ularning ham huquq me’yorlarini buzgan bo‘lishi kerak. Shundagina aybdorlarni yuqorida keltirilgan qonunchilik hujjatlari me’yorsi bilan javobgarlikka tortish mumkin. Masalan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallaganlik Yer kodeksi me’yorini (91-modda) buzish hisoblanadi va shunday xatti-harakat uchun yer huquqiy javobgarlik chorasi sifatida o‘sha yerni qaytarib olish belgilangan. Xuddi shunday harakat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining me’yorini (2291-modda) ham buzish hisoblanadi va buning uchun jinoiy javobgarlikka tortish chorasini qo‘llashga asos bo’ladi.
YURIDIK JAVOBGARLIK TUSHUNCHASI: O’zbekiston Respublikasi qonunchilik me’yorlariga qarama- qarshi bo‘lgan hatti-harakat yoki harakatsizlik uchun javobgar shaxs tortiladigan javobgarlik

Download 21,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish