4-
modda. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i
Oldingi
tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i shu xo‘jalikning muassisi — fermerdir. O‘n sakkiz
yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi fermer bo‘lishi mumkin.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xo‘jaligi
nomidan ana shu xo‘jalik boshlig‘i ish ko‘radi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining huquq va
majburiyatlarini b
oshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
(4-
moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-
240-sonli
Qonuni
tahririda
— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
II. FERMER XO‘JALIGINI TAShKIL ETISh
5-
modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Fermer
xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda
tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30
shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti
yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng
kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan,
Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda
kamida 0,
3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa
viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda tegishincha,
kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni),
sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga
ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun
kamida 30 gektar
ni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi.
Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bog‘dorchilik, uzumchilik,
sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan
5 gektarni tashkil etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan
tasdiqlangan “Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi
to‘g‘risida nizom”ning
5-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik
ekinlarining hosildorligi (uch yil
uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonunchilikda
belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu
majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.
(5-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan
tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi
to‘g‘risida
nizom
” va nizomning
2-ilovasi
, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi
476-
son qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq
muddatli ijaraga olishning namunaviy shartnomasi” 15-bandining
o‘n birinchi xatboshisi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |