O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oldingi
tahrirga qarang.
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR SHUG‘ULLANISHI MUMKIN BO‘LGAN
FAOLIYAT TURLARI RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari
ro‘yxati
1-
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
2. Belgilansinki, jismoniy shaxslar 2011-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan
tasdiqlangan
Ro‘yxatga
kiritilmagan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin emas.
Oldingi
tahrirga qarang.
3. Davlat xizmatlari markazlari faoliyat turlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan
Ro‘yxatga
qat’iy amal qilsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi,
yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tahlilini hisobga olgan holda, zarur hollarda Vazirlar
Mahkamasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan
Ro‘yxatni
kengaytirish yoki undan faoliyat turlarini
chiqarib tashlash bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
2-ilovaga
muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |