17-modda.
Fermer xo‘jaligining majburiyatlari
Fermer xo‘jaligi:
Oldingi
tahrirga qarang.
yer uchastkasidan qonunchilikda va ijaraga olish shartnomasida ko‘rsatilgan
shartlar asosida,
belgilangan maqsadda, samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlashi;
(17-
modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya
etishi;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab
qolish va oshirish tadbir-
choralarini ko‘rishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablag‘lar
ajratilishini nazarda tutishi;
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yer
uchastkasi berilgan vaqtdan e’tiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq
xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlashi;
g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishning belgilangan talablariga
rioya etishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
suv resurslaridan suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi,
suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-
tadbirlarini ko‘rishi;
mazkur fermer xo‘jaligi a’zo bo‘lgan suv iste’molchilari uyushmasi balansida
turgan sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlashda belgilangan
tartibda ishtirok etishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan
foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari,
sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va
shartlariga rioya etishi;
yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini, o‘z xodimlari, shu
jumladan fermer xo‘jaligida mehnat qiladigan oila a’zolari, vaqtincha (mavsumiy)
yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashi;
(17-
modda
birinchi
qismining
o‘n
ikkinchi
xatboshisi
O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab
berilgan paytdagi o‘lchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan
holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi;
(17-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi
O‘RQ-476-sonli
Qonuniga
asosan
o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
to‘lovlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lashi;
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya etishi;
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan
muhofaza qilinishini ta’minlashi shart
(17-modda birinchi qismining sakkizinchi
—o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston
Respublikasining 2009-yil 25-
dekabrdagi O‘RQ-240-sonli
Qonunuga
muvofiq sakkizinchi
— o‘n beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-
modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |