o‘rnimdan otilib turdim. Men hali hech qachon bunaqa
alahlamagan, hali biror marta kreslomda, masalan,
shunday uxlab qolmagan edim. Shu choq, turib endigina
o‘zimga kelgan payt birdan to‘pponchamga ko‘zim tushdi
— tap-tayyor, o‘qlangan. Lekin men bir lahzaga uni
o‘zimdan chetga surib qo‘ydim. O, endi men yashashim
kerak, yashashim! Men qo‘llarimni ko‘tarib mangu
Haqiqatga nido qildim, yo‘q, nido qilmadim, yig‘ladim.
Vujudimni cheksiz bir hayajon qamradi. Ha, men endi
yashashim va targ‘ib etishim kerak! Targ‘ib etish haqida
men shu ondayoq, bir umrga ahd qildim. Lekin nimani?
Haqiqatni! Axir, men uni, uning butun shon-shavkatini o‘z
ko‘zlarim bilan ko‘rdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |