suyganimdan! Meni shuning uchun g‘am bosadiki, ular
haqiqatni bilishmaydi — men bo‘lsam bilaman. Oh,
haqiqatni yolg‘iz o‘zing bil sang, naqadar og‘ir-a! Lekin
ular buni tushunmay di. Yo‘q, tushunishmaydi.
Bir vaqtlar men kulgili bo‘lib tuyulganimdan juda-juda
o‘kinardim. Kulgili bo‘lib tuyulmasdim, chindan ham kulgili
edim. Kim bilsin, balki men tug‘ilganimdan buyon
shundaydirman,
balki
olti-etti
yoshimdanoq
shundayligimni bilgandirman. Keyin maktabda, undan
so‘ng dorilfununda o‘qidim. Ammo, nachora, qancha ko‘p
o‘qisam, shuncha ko‘p uqdim-ki, kulgili odam ekanman.
Do'stlaringiz bilan baham: |