ta’na-tanbehsiz, shunchaki menga baribir bo‘lgani uchun
aytgandim. Menga baribirligini ko‘rib, ular xursand
bo‘lishdi.
Men ko‘chada chiroq to‘g‘risida o‘ylab, osmonga
tikilgandim. Osmon tim qorong‘i, lekin bu zulumotda
parokanda bulutlarni, ular oralig‘ida tubsiz qora dog‘larni
aniq ilg‘ash mumkin edi. Birdan bu dog‘larning birida
miltillagan yulduzchani ko‘rib qoldim. Unga zehn solib
uzoq tikildim. Tikildim-u, endi shu kecha o‘zimni
o‘ldiraman, deb qasam ichdim. Men ikki oy oldin bu haqda
qat’iy qarorga kelib, nochor ahvolimga qaramay ajoyib
to‘pponcha sotib olgan va uni o‘sha kuniyoq o‘qlab
Do'stlaringiz bilan baham: |