qoplagandi. Men dunyoda hamisha hamma narsa baribir-
ku degan fikrga ishonib qolgan edim. Men buni, eh-he,
allaqachon sezganman, lekin bultur kutilmaganda unga
tamoman imon keltirdim. Birdan olamning budu nobudi
men uchun baribir ekanligini, dunyoni suv bossa,
to‘pig‘imga chiqmasligini butun borlig‘im bilan tuydim.
So‘ng yon-verimda hech nima yo‘qligini his qildim. Dastlab
xayolimga: «Oldin qancha ko‘p narsa bor edi-ya», degan
fikr keldi. So‘ng oldin ham hech nima bo‘lmagan-u, faqat
menga bordek tuyulganligini fahmladim. Sekin-sekin men
bundan keyin ham hech qachon hech nima bo‘lmasligiga
ishonch hosil qildim. Shunda men birdaniga odamlardan
og‘rinmaydigan,
Do'stlaringiz bilan baham: |