qolsa qanday soz bo‘lardi-ya. Chiroqlar borligi ko‘ngilni
xira qiladi, chunki ular shunday bir rasvo manzarani
yoritib turadi-da. Shu kuni men tuz totmadim hisob,
oqshom tushgandan boshlab bir injenerning yonida
o‘tirdim. Uning oldida yana ikki oshnasi bor edi. Men bir
og‘iz ham gapirmadim, aftidan, ularning joniga ham
tegdim. Ular qandaydir behayo gap aytdilar, birdan
nimadandir tutaqib ketdilar. Lekin men sezib turgan
edimki, ularga ham baribir, qizishganlari esa shunchaki.
Men buni ochiq aytib qo‘ya qoldim: «Janoblar, — deyman,
— axir, sizlarga baribir-ku». Ular xafa bo‘lishmadi, faqat
birgalashib mening ustimdan kulishdi. Sababi, men buni
Do'stlaringiz bilan baham: |