Buni qarangki, shundan keyin men haqiqatga yetishdim.
Men unga bultur uchinchi noyabr kuni yetishgan bo‘lsam,
undan keyingi hayotimning har bir soniyasini ham xotirlay
olaman. O‘shanda zim-ziyo kecha edi. Men soat o‘nga
yaqin uyga qaytdim. Esimda, hatto tabiatning o‘zida ham
bundan ortiq zulumot bo‘lishi mumkin emas, deb o‘yladim.
Yomg‘ir tun bo‘yi yog‘di, bu — sovuq, bexosiyat, hatto
qandaydir vahimali, odamlarga ro‘y-rost yomonlik
sog‘ingan yomg‘ir edi, ha, men buni yaxshi eslayman. Soat
o‘n birlarda esa yomg‘ir birdan tindi, atrofni bo‘g‘iq
rutubat qopladi, havo namchil, sovuq edi. Ko‘chadagi har
bir toshdan ham, jinko‘chalarning uch-uchlaridan ham
og‘ir bug‘ ko‘tarilardi. Shu paytda hamma chiroqlar o‘chib
Do'stlaringiz bilan baham: |