shovqin solishmasin, necha kishilashib o‘tirishmasin,
menga baribir. Men tun bo‘yi o‘tirib chiqaman, lekin o‘lay
agarki, ularning biror so‘zi qulog‘imga kirsa. Ha, ularni
shunchalik unutib yuboraman. Bo‘lmasa, men tuni bilan
mijja qoqmay chiqaman-ku, bunga ham allaqachon bir yil
bo‘ldi. Kechalari kresloda mixlanganday o‘tiraman, hech
ish qilmayman, kitob-pitobni esa faqat kunduzlari
o‘qiyman, o‘tiraman, hatto o‘ylamayman ham, miyamda
o‘zicha qandaydir xayollar daydiydi, men ularni o‘z holiga
tashlab qo‘yaman. Shamim tunda yonib ado bo‘ladi.
Men tinchgina kresloga cho‘kdim, to‘pponchani chiqarib
oldimga qo‘ydim. Uni qo‘yayotib o‘zimdan: «Shundaymi?»
Do'stlaringiz bilan baham: |