bu kayfiyat uyga kelganimdan keyin ham davom etdi, men
ko‘pdan beri birinchi marta qattiq ta’sirlangan edim.
Miyamga fikrlar quyila boshladi. Men shunga amin
bo‘ldimki, toki inson ekanman, toki bir xasga aylanmagan
ekanman yashayman, demakki, hali azob chekishim,
g‘azablanishim, o‘z qilmishlarimdan uyalishim mumkin.
Mayli. Lekin men o‘zimni, deylik, ikki soatdan keyin
o‘ldiradigan bo‘lsam, unda bu qizcha bilan, o‘z
qilmishimning to‘g‘ri-noto‘g‘riligi bilan necha pullik ishim
bor?! Men nulga aylanaman, ha, mutlaq nulga aylanaman.
Nahotki hoziroq butkul yo‘qlikka aylanmog‘im va
dunyoning ham barbod bo‘lmog‘ini anglab turganligim u
Do'stlaringiz bilan baham: |