narsaning ustida uzala tushib yotibman, hech vaqoni
ko‘rmayman, qimir etolmayman. Atrofimdan o‘tib-
qaytishadi, baqirib-chaqirishadi, kapitan do‘rillaydi,
xo‘jabeka chinqiradi, Shu payt birdan g‘ala-g‘ovur tindi,
olam sukunatga cho‘mdi. Mana, endi meni yopiq tobutda
olib ketayotirlar. Men tobutim qanday chayqalayotganini
sezyapman, bu haqda o‘ylab ketyapman. Daf’atan bir o‘y
meni ilk bora larzaga soldi: axir, men o‘lganman, butunlay
o‘lganman-ku, men buni bilaman, ko‘zdan va harakatdan
qolganim bilan sezib va fikrlab turibman. Biroq ko‘p
o‘tmay men bunga ko‘nikaman va odatda tushda
bo‘lganidek voqelikni munozarasiz qabul qila boshlayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |