qartavozlikni tugatdilar, uxlashga tutindilar, lekin hozircha
guvurlab, yoqar-yoqmas so‘kinardilar. Shu joyga yetganda,
men birdan uxlab qolibman, taajjub, shu choqqacha hech
qachon kresloda uyqum eltmagan edi. Uxlaganimni o‘zim
ham sezmay qolibman. Tush, ma’lumki, juda g‘alati hodisa,
nimalarnidir favqulodda tiniq, eng mayda tafsilotlarigacha
farqlaysiz, boshqa narsalar, masalan, makonlar va
zamonlar ustidan bemalol sakrab o‘tasiz. Tushlarni aql
emas, istak, bosh emas, yurak harakatga keltiradi.
Shunday bo‘lsa-da, mening aqlim tushda shunday
ayyorona narsalarni to‘qib chiqaradiki… Tushingga
shunday voqealar ham kiradiki, aslo ularning tagiga
yetolmaysan. Mening akam besh yil burun dunyodan
Do'stlaringiz bilan baham: |