qizchaga achinishimga va o‘z qilmishimdan uyalishimga
zarracha ta’sir ko‘rsatmasa? Axir, men «Hozir faqat rahm
qilmaslik emas, inson zoti o‘ziga ravo ko‘rmaydigan
tubanlik ham qo‘limdan keladi, chunki men uchun olam
hozir bor-u, ikki soatdan keyin yo‘q», — deb o‘ylaganim
uchun ham bechora go‘dakka qarab atay yer tepindim,
atay yirtqichga o‘xshab bo‘kirdim-ku. Xo‘sh, siz shuning
uchun baqirganimga ishonmaysizmi? Men endi bunga
ishonib qoldim. Tassavurimcha, go‘yo endi hayot ham,
dunyo ham menga qarab qolgan edi. Go‘yo hattoki
dunyoning o‘zi yolg‘iz men uchun yaratilgan: men o‘zimni
otdimmi, dunyo ham oxiratga yuz tutadi, hech
bo‘lmaganda — men uchun. Mendan keyin balki chindan
Do'stlaringiz bilan baham: |