ham hech kim uchun hech nima bo‘lmas. Lekin buni
aytmaganda ham, mening ongim so‘ngan zahot butun
olam yo‘qlikka aylanadi, ongimning bir sharpasi, zarrasi
sifatida so‘nadi-ku. Ehtimol, bu yorug‘ olam, bu guj-g‘uj
odamlar yolg‘iz mening o‘zimdan iboratdir. Esimda,
kresloga o‘tirib xayolga cho‘markanman, men bir-biriga
uyqashib kelayotgan bu yangi masalalarni butkul boshqa
tomonga burib, tamomila yangi fikrni o‘ylab topdim.
Masalan, mening tasavvurimda shunday bir holat
gavdalandi. Deylik, men oldin Oyda yoki Marsda yashagan,
u yerda qandaydir bema’ni, yaramas ish qilgan, buning
uchun bosirinqi tushdagidan battar qo‘rqitilgan va
sharmanda qilingan, keyin yerga tushib ham ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |