— deb so‘radim va zarracha ikkilanmay javob berdim: «Ha,
shunday!», ya’ni o‘zimni otaman! Har qalay, shu kecha
o‘zimni otsam kerak — men buni bilardim, lekin ungacha
qancha o‘tirishimni bilmasdim. Agar o‘sha qizcha
bo‘lmaganda, shubhasiz, hozir mening kunim bitgan
bo‘lardi.
II
Qarang-a, menga hamma narsa baribir edi-yu, lekin,
masalan, og‘riqni sezardim. Birov meni turtib o‘tsin-chi,
og‘riqni sezmasmidim. Ma’naviy jihatdan ham xuddi
shunday: juda ayanchli voqea yuz bersa, men albatta hali
baribirchilikka berilmagan vaqtimdagidek unga achingan
bo‘lardim. Boya ham qizchaga rahmim keldi. Men-ku unga
yordam berardim, ammo… Xo‘sh, nega unga yordam
Do'stlaringiz bilan baham: |