yoxud bir falokatga yo‘liqishgan-u, u onasiga kimnidir
yordamga chaqirish yoki nimadir topish uchun yuragini
hovuchlab yugurganligini darrov fahmladim. Lekin men
unga ergashmadim, aksincha, miyamda «uni haydab
yuborsam-chi» degan fikr o‘rmaladi. Avval unga, mirshabni
top, dedim. Ammo u birdan qo‘lchalarini qovushtirdi,
yig‘lamsirab, bo‘g‘riqib yonimda yuraverdi, sira izimdan
qolmadi. Oxiri men yer tepib unga baqirdim. U «Barin,
barin!..» deb iltijo qildi-yu, so‘ng birdan meni tashlab
yo‘lning narigi betiga yugurdi. U yerda ham bir yo‘lovchi
ko‘rindi, aftidan, qizcha endi unga yolvorardi.
Men o‘zimning beshinchi qavatdagi ijaramga ko‘tarildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |