Go‘yo universitetda o‘qitiladigan barcha fanlar bu jin
urgur sifatimni isbotlash va uqtirish uchungina
yaratilgandek edi. Hayotda ham yo‘lim xuddi
o‘qishdagidek bo‘ldi. Yillar o‘ta borgan sayin o‘zimning
masxaraomuz qiyofam to‘g‘risidagi fikr miyamga
qo‘rg‘oshindek quyilaverdi. Kas ham, nokas ham mening
ustimdan kulardi. Ammo ularning fahmi yetmas ediki,
kulgili ekanligimni eng ko‘p biladigan kishi bitta bo‘lsa,
o‘sha men o‘zim edim. Menga alam qiladigan joyi ham shu
ediki, ular buni bilmasdi. Lekin bunga o‘zim aybdorman.
Men azaldan nihoyatda mag‘rur edim, boshimni kessalar
ham, biror kishi oldida o‘z aybimga iqror bo‘lishni
Do'stlaringiz bilan baham: |