Qullik paydo bo‘ldi, odamlar hatto o‘z erki bilan qul bo‘la
boshlashdi. Kuchsizlar kuchlilarga bajonidil itoat etdilar,
chunki yana ham kuchsizlarni ezishda kuchlilar ularga
yordam berardilar. Ular orasidan ruhoniylar yetishib
chiqdi, ko‘z yoshlar bilan xalqqa yuzlanib, ularning
mag‘rurliklari, me’yorni, uyg‘unlikni yo‘qotib qo‘yishgani,
sharm-hayoni unutishgani haqida va’z-nasihat o‘qidilar.
Odamlar esa ularni masxara qilishdi yoki toshlar bilan
urishdi. Muqaddas qon sajdagohlar ostonasiga to‘kildi.
Ammo oradan olam haqida jiddiy bosh qotiradiganlar ham
yetishib chiqdi. Ular, odamlar shunday birlashsaki,
o‘zlarini barchadan ortiq sevganlari holda boshqalarga
Do'stlaringiz bilan baham: |