azob chekamiz. Ehtimolki, biz o‘zimizni oxiratda
barchamizni so‘roqqa tutuvchi hakamdan ko‘ra qattiqroq
jazolarmiz. Lekin bizda ilm-fan bor, biz uning yordamida
qaytadan haqiqatni izlaymiz, biroq endi uni ongli ravishda
qabul qilamiz. Bilim tuyg‘udan yuksakroq, hayotni anglash
hayotning o‘zidan yuksakroq! Ilm bizga donolik baxsh
etadi, donolik qonunlarni kashf qiladi, baxt qonunlarini
bilish esa baxtning o‘zidan oliyroq!», — dedilar. Bu
gaplardan keyin ularning har biri o‘zini battarroq yomon
ko‘rib ketdi, boshqacha yo‘l tutish ularning qo‘lidan
kelmasdi. Har kim o‘z shaxsiga shu darajada berildiki,
butun kuchi bilan boshqalar shaxsini yerga urishga intildi,
balki hayotini ham shunga qurbon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |