zaharlovchi vabo tarqatkich gard kabi men shu qadar
begunoh va baxtli bir zaminni bulg‘adim. Ular aldashni
o‘rgandilar, yolg‘onga ruju qo‘ydilar va uning mazasini
bilib oldilar. O, ehtimolki, bu hech qanday g‘arazsiz, oddiy
hazildan, erkalikdan, yengil-elpi sevgidan, arzimas
zarradan boshlangandir, lekin bu yolg‘on zarrasi ularning
qalbiga kirib oldi-yu, sohibga yoqib tushdi. Keyin tezda
ishratparastlik, ishratparastlikdan rashk, rashkdan
shafqatsizlik tug‘ildi. O, aniq aytolmayman-u, ammo
oradan hech qancha vaqt o‘tmay, o‘zga yer odamining
birinchi qoni to‘kildi: ular taajjubda qoldilar, dahshatga
tushdilar va bir-birlaridan yuz o‘girib turli tomonlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |