ko‘tarardilar va bu maynavozchilikdan o‘zlari qancha zavq
olardilar. Ha, albatta, men ko‘rgan tushimning taassuroti
bilan mag‘lub bo‘lib qolardim, mening zada, pajmurda
yuragimda faqat shu hisgina omon qolgan bo‘lardi. Ammo
ko‘rgan tushimning haqiqiy manzaralari, shakllari shu
darajada uyg‘unlik kasb etgan, shu darajada dilbar, go‘zal
va haqqoniy ediki, men uyg‘onib ularni o‘zimizning nochor
so‘zlarimiz bilan ifoda etmoqqa ojiz edim, ular o‘z-o‘zidan
miyamda boshqacharoq tus olishi tayin edi, men
haqiqatan ham taassurotlarni o‘zimdan qo‘shib-chatib
yozishim mumkin, ayniqsa, ularni qancha bo‘lmasin,
yetkazishga, buning ustiga tezroq yetkazishga jon-dildan
oshiqayotgan paytimda. Ammo men qanday qilib ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |