darajaga yetgan da’vatkor qayg‘u bo‘lib menga ta’sir
etgandi, ularni va ular dovrug‘ini xayolim tushlarida va
aqlim orzularida oldindan tuygandim, men o‘z yerimizda
ko‘pincha botayotgan quyoshni ko‘z yoshisiz
kuzatolmasdim — bular barini men ularga qayta-qayta
aytib berdim. Mening o‘z odamlarimizga nafratimda doimo
qandaydir andux bo‘lardi: nega men ularni sevmay turib
yomon ko‘rolmayman, nega men ularni avf etmay
ketolmayman, mabodo sevsam ham, nafratsiz
sevolmayman, deb hasrat chekardim. Ular meni tingladilar,
lekin men aytganlarni tasavvur qilolmadilar, ammo men
gapirganimga pushaymon bo‘lmadim. Bildimki, ular o‘zim
tark etgan elga sog‘inchimning butun kuchini a’lo
Do'stlaringiz bilan baham: |