bilishardiki, qachonki ularning quvonchlari zaminidagi
tabiatning sarhadlariga yetsa, jamiki tiriklar va o‘liklar
uchun yaxlit olam bilan uyg‘unlashishning chegaralari
yanada kengayadi. Ular bu ajib lahzani quvonch bilan
kutardilar. Lekin uni oshiqmay, betoqat bo‘lmay, intiqmay,
hozirdanoq uning sehriga mast bo‘lib va buni bir-birlariga
izhor etib kutardilar.
Oqshomlari uyqu oldida ular bir tanu bir jon bo‘lib
qo‘shiqlar aytishni xush ko‘rardilar. Bu qo‘shiqlarga
oxirlagan kunning jami taassurotlarini to‘kib solardilar, uni
ulug‘lardilar, u bilan xayrlashardilar. Ular tabiatni, yerni,
dengizu o‘rmonlarni kuylardilar. Ular bir-birlari sha’niga
Do'stlaringiz bilan baham: |