ular bilan inoq yashardilar. Ular ko‘kka ishora qilib, menga
yulduzlar haqida nimadir dedilar, men tushunolmadim,
ammo shu chog‘ ularning dillari yulduzlar bilan
tutashganligiga ishonchim komil. O, bu odamlar meni o‘z
qalblariga oshno etolmadilar, ammo meni shusiz ham
suydilar. Ular meni tushunolmasliklariga ko‘zim yetdi,
shuning uchun yerimiz haqida miq etib og‘iz ochmadim.
Men faqat hammaning ko‘z o‘ngida ularning yerini o‘pdim
va ularga sajda qildim. Ular mening sig‘inishimga
iymanmay yo‘l qo‘yib berdilar, chunki ularning qalbi
shunday ulug‘ sevgiga moyil edi. Mehrimga qanday javob
qaytarishlarini sevinch bilan idrok etgan holda goh
ko‘zlarim jiqqa yoshga to‘lib, ularning oyoqlarini o‘psam,
Do'stlaringiz bilan baham: |