Yana shunisi borki, aslida mutafakkirdan tortib ashaddiy
qaroqchigacha hamma ham bir manzilga boradi, yoki hech
bo‘lmasa intiladi, faqat turli yo‘llar bilan. Bu — eski
haqiqat. Faqat yangiligi shundaki, men endi butunlay
yo‘ldan ozib ketishim mumkin emas. Chunki men haqiqatni
ko‘rdim, men o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim va bildimki,
odamlar yerda yashash qobiliyatini yo‘qotmay turib
kamolatga va baxtga yetishishi mumkin. Men razillik
odamlarning tabiiy holati ekanligiga ishonolmayman,
ishonishni istamayman ham. Ular esa aynan mana shu
ishonchimdan kuladilar. Axir, qanday qilib men bunga
ishonmay, men uni aql bilan kashf etganim yo‘q, balki
Do'stlaringiz bilan baham: |