Men o‘shandan beri targ‘ibotdan to‘xtamayman. Bundan
tashqari, ustimdan kuladiganlarni boshqalardan ko‘proq
sevaman. Nega bunday — menga noayon. Mayli, shunday
bo‘laversin. Odamlar aytishicha, men hali ham adashib
yurgan emishman, ya’ni ular: «Hali ham adashib yurgan
bo‘lsang, bu yog‘i nima bo‘ladi?» — demoqchi. Tayin gapki,
men hali ko‘p adashaman, u yog‘i balki bundan ham battar
bo‘lar. Albatta, qay yo‘sinda, qanday so‘zlar va misollar
bilan targ‘ib etishni o‘rganguncha, men hali ko‘p
yanglishaman, chunki bu oson ish emas. Men-ku u
haqiqatlarning hammasini kundek ravshan ko‘rib
turibman, lekin, baribir, kim ham yanglishmaydi, deysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |