ham halal yetkazmasalar, shu asosda hamma ixtiyoriy
jamiyat bo‘lib yashasa, deya o‘yladilar. Bu g‘oya tufayli
butun boshli urushlar kelib chikdi. Kurashayotganlarning
barchasi ilm-fan, tafakkur va o‘z-o‘zini asrash tuyg‘usi
axiyri insonlarni totuv va ongli jamiyat bo‘lib yashashga
majbur etadi, deb ishondi. Shu sababli ham o‘z yo‘lining
tantanasiga halaqit bermasin uchun «dono»lar
«nodon»larni, mazkur g‘oyani tushunmaydiganlarni tezroq
yanchib tashlashga intildilar. Lekin insondagi o‘z-o‘zini
asrash tuyg‘usi ham tezda kuchsizlanib qoldi. «Bo‘lsa,
hammasi bo‘lsin, bo‘lmasa, hech nima bo‘lmasin»
deguvchi mag‘rur zo‘ravonlar va ishratparastlar paydo
Do'stlaringiz bilan baham: |