mening ustimdan kulardilar. Oxiri ular ham meni telbaga
chiqardilar. Biroq ular meni oqladilar, mendan faqat
o‘zlariga kerakli narsalarnigina olganlarini, bu voqealar
ro‘y bermasligi mumkin emasligini aytdilar. Oxiri men
ularga xavf tug‘dirayotganimni, agar tilimni tiymasam,
jinnixonaga qamab qo‘yajaklarini ma’lum qildilar. Shunda
qayg‘u-alam yuragimni chunonam siqdiki, men, hozir
o‘laman, deb o‘yladim va shu choq, shu choq uyg‘onib
ketdim.
Hali, tong oqarmagan, soat oltilar edi. Men o‘sha
kreslomda uyg‘ondim. Sham yonib ado bo‘libdi,
kapitanning uyidagilar ham uxlashibdi, hamma yoq suv
quygandek osuda. Men favqulodda bir taajjub bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |