Erkin umarov mahmud abdullayev


* Buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan jinoyatchilik faoliyati



Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/99
Sana13.04.2022
Hajmi3,62 Mb.
#547732
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Umarov E, Abdullayev M

* Buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan jinoyatchilik faoliyati: 
(ag- 
ressiv urushlar, terrorchilik, diniy aqidaparastlik, o ‘g‘rilik, buyurt- 
m a q o tillik , so tqinlik, p o ra x o ‘rlik, qalloblik, boylik o rttirish
m aqsadida garovga ushlab turish, soliqlarni to ‘lamaslik, armiya 
xizm atidan b o ‘yin tovlash, irqchilik, m illatchilik, banditizm va 
h.k). Bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslar qonun asosida sudlov 
yo‘li bilan o ‘z jazosini oladilar.
* Mehnat intizomini buzish holatlari: 
xizmat vazifasiga loqay- 
dlik, firibgarlik, dangasalik, tartibsizlik, intizom sizlik, to'rachilik, 
m adaniyatsizlik, kattazanglik, bezbetlik, q o ‘pollik, ochko'zlik, 
manm anlik, masxaralash, ikkiyuzlamachilik, maqtanchoqlik, o ‘ziga 
bino q o ‘yish, g'irrom lik va h. k. Bularning barchasiga nisbatan 
m a’m uriy chora ko'rish m um kin.
* Oilaviy turmush va maishiy munosabatlardagi noaxloqiy xatti-
harakatlar: 
xudbinlik, ichkilikbozlik, bag‘ritoshlik, hasadgo‘ylik, 
adovat, ig‘vo, nodonlik, nashavandlik, pastkashlik, qo'rqoqlik, 
vijdonsizlik va h. k.
* Ekologik xavfsizlikni buzishga qaratilgan intilishlar: 
tabiiy 
m uhitni kimyoviy va fizikaviy jihatdan ifloslantirish, atmosferani, 
suv, tuproq, o ‘rm on, dala, yo‘llar, ko'chalar, aholi yashaydigan 
makonlardagi ekologik tartiblarni qo'pol ravishda buzish. Bularga 
nisbatan sud orqali yoki m a’muriy yo‘l bilan chora ko‘rilishi mumkin.
* Dmiy tadqiqotlar o ‘tkazish va uning natijalaridan g‘ayriinsoniy
maqsadlarda foydalanish: 
genofondni buzish, tabiiy resurslarni 
kambag‘allashtirish, epidemiyalar tarqatishga imkoniyatlar tug'dirish, 
bem a’ni gap sotish va texnokratizmga zo‘r berish, tabiatga g‘oyat zarar 
keltiradigan texnologiyalarni q o ‘llash va h. k. Bularga nisbatan 
qo‘llaniladigan choralar ham yuqoridagilarga o'xshagandir.
Yuqorida aksilma’naviy hodisalaming umumiy xarakterdagi ji- 
hatlam i sanab o'tdik. Agar ularga alohida olingan kishilar nuqtayi 
nazaridan yondashadigan b o ‘lsak, bu ro'yxatni yana ham uzaytirish 
mumkin. Axir, yovuz va qonxo'r, yolg'onchi va shafqatsizlar guruhi, 
asossiz urush chiqarmoqchi bo'lganlar, zolimlar, qotillar, mansabpa- 
rastlar, kaltabin texnokratlar, to ‘ralar, byurokratlar ozmunchami?
M a’naviyatsizlik, qolaversa, aksilm a’naviyMkka qarshi kura- 
shishning yo'llari, vositalari rang-barangdir. Bunda hozirgi zam on 
ta b ia ts h u n o s lik va ijtim o iy - g u m a n ita r f a n la r , iq tis o d va 
m adaniyatning, diniy qadriyatlar, sotsial-islyoeiy m unosabatlar, 
ularning rivojlanganlik darajasi m uhim o r r # b o ‘lib xizmat qiladj.


Shubha yo'qki, bu jarayonlar jam iyatni dem okratik, adolatparvarlik 
va h a lo llik asosida b o sh q a rish ta m o y illari b ilan b o g 'la n g a n . 
B inobarin, m a’naviyat jam iyat rivojlanishining m ezom gina em as, 
balki ana shu taraqqiyotning om ili ham dir.
M a’naviyatni tarkib toptirish va rivojlantirishda ta ’lim -tarbiya 
ju d a k atta rol o ‘ynaydi. Respublikam izda qabul qilingan «Ta’lim 
to ‘g ‘risida»gi qonun, K adrlar tayyorlashning milliy dasturi ana 
shunga d a ’vat etilganligini ta ’kidlash lozim. Prezidentim iz I. A. Ka­
rim ov y o zg an id ek , « ta ’lim 0 ‘z b ek isto n xalqi m a ’n av iy atig a 
yaratuvchanlik faolligini baxsh etadi. 0 ‘sib kelayotgan avlodning 
barcha eng yaxshi im koniyatlari unda nam oyon b o ‘ladi, kasb-kori, 
m ahorati uzluksiz takom illashadi, katta avlodlarning dono tajribasi 
anglab olinadi va yosh avlodga o ‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorligi 
va bilim olishga chanqoqligidan ta ’lim va m a’naviyatini tushunib 
yetish boshlanadi» 
(I. A. Karimov.
Istiqlol va m a ’naviyat, 9-bet).
D arhaqiqat, hozir butun dunyoda, shu jum ladan, bizning m us- 
taqil respublikam izda ham ta ’lim sohasida o ‘quv jarayonlarini de- 
mokratlashtirish, insonparvarlashtirish, jadallashtirish, m ustahkam - 
lash, kom pyuterlashtirish va yaxlitlashtirish y o ‘nalishlarida katta 
is h la r 
q ilin m o q d a . 
B in o b a r in , 
d e m o k r a tla s h tir is h
va 
in so n p arv arla sh tirish m a ’n av iy atn i tarkib to p tiris h d a a lo h id a 
aham iyat kasb etadi. Shuningdek, m a’naviyat asoslari, etika, es- 
tetika, um um nazariy va ijtimoiy falsafa, sotsiologiya, tarix, m a- 
daniyatshunoslik, psixologiya, ekologiya fanlarini o ‘q itishning 
sotsial m aqom i yuksalib borm oqda.
Shunday qilib, m a’naviyat k o ‘p qirrali hodisa b o ‘lib, axloqiy 
(odob, burch, m as’uliyat tuyg‘ulari), ilmiy, estetik-ijodiy, amaliy 
m a la k a la r (m e h n a t, ijo d k o rlik , is te ’d o d , q o b iliy a t), d in iy , 
mafkuraviy qarashlarning yaxlit birligidan iborat. Bu qarashlar 
alohida-alohida olinganda emas, balki bir butun, yaxlit holdagi- 
na m a’naviyatni tashkil etadi.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish